Barcha xabarlar

Windows 7 ishlatasizmi? Yana bitta noxush xabar bor...

Help Net Security kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Windows 7 operatsion tizimi ostidagi kompyuter va noutbuklarga qilinayotgan hujumlarning birdaniga oshib ketganini aniqlashgan.

«O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

O‘zbekiston hududida xizmatlarning mahalliylashtirilishi barcha operatorlari va provayderlarga abonentlar uchun yanada arzon va tezkor takliflarni taqdim etish imkonini beradi.

«Jonli» video: iPhone’larga endi Android o‘rnatish mumkin!

Project Sandcastle saytidan allaqachon ikkita modeldagi iPhone uchun Android proshivkalarini ko‘chirib olish mumkin. Ularni o‘rnatish jarayoni oddiy Android-smartfonga kastom proshivka o‘rnatishdan farq qilmaydi.

Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin...

Samsung unda o‘zining emas, balki MediaTek protsessorini qo‘llabdi. AnTuTu testlari natijalariga ko‘ra, bu chipset Galaxy A51 smartfonida qo‘llangan Exynos 9611 protsessoridan bir yarim baravarga tezkor!

Xiaomi'ga koronavirusning ham kuchi yetmadi!

Ayni damda, 6/64GB xotirali Redmi K30 narxi 230 dollardan, 5G muqobilining narxi esa 285 dollardan boshlanadi.

«Millionlar orzusi» – iPhone SE 2 (iPhone 9) ilk «jonli» rasmda!

ITHome nashri insayderlari iPhone SE 2 modelining birinchi «jonli» suratini taqdim etishgan. Mazkur foto Apple’ning hamyonbop ayfoni dizayni haqidagi avval sizib chiqqan ma’lumotlarni tasdiqladi.

Nokia uchta smartfon va tugmachali ilk Android-telefonning namoyish kunini aytdi (+video)

Ushbu tadbirning asosiy qahramoni Nokia 8.2 5G modeli bo‘lib, u kompaniyaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi ilk smartfonidir.

Drop-test «jonli» videosi: Galaxy S20 Ultra’ni ayovsiz sinab ko‘rishdi!

Samsung yangi flagmanlarining narxlari ham ularning tezkorligi va boshqa innovatsion jihatlariga yarasha ancha yuqori. Galaxy S20 Ultra modelini qo‘lingizdan tushirib yuborsangiz, o‘zingizni kechira olmaysiz...

Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Ikkala model ham Snapdragon 720G chipseti bazasida ishlaydi. Ammo benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Realme 6 Pro tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lsa, Redmi Note 9 Pro modeli 6 gigabaytlik «operativka»ga ega.

Taqdimot marosimlari bekor qilinishda davom etmoqda

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra esa, yig‘ilish bo‘lmaydi.

WhatsApp uzoq kutilgan funksiya bilan yangilandi – uni qanday faollashtiramiz?

Yangi rejim ilovaning butun interfeysini to‘qrang qilib qo‘yadi; bu esa qorong‘ilikda ko‘zning nurini asrash bilan birga, OLED-displeyli smartfonlarning quvvatini tejashga ham yordam beradi.

Black Shark 3 bilan birga Black Shark 3 Pro ham namoyish etildi: bunaqa texnologiyalar boshqa birortasida yo‘q!

Har ikkala geymerofonda AMOLED displey qo‘llangan – uning kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik, teginishlarni hisoblash chastotasi esa naq 270 gersga teng.

Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!

Dastlabki rejaga ko‘ra, Google I/O 2020 konferensiyasi 12–14 may kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

Ushbu ro‘yxat juda katta, chunki unga MIUI 11’gacha rasman yangilanadigan barcha modellardagi – global, xitoycha va hatto ruscha versiyalardagi smartfonlar proshivkalari kiritilgan.

100 000 dollar sovrinli tanlovning saralash bosqichi yakunlandi

G‘oliblarga birinchi o‘rin uchun 50 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun 30 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 20 ming dollar miqdoridagi mukofotlar topshiriladi.

O‘rta narxli Galaxy A21 surati chiqdi: Infinity-O displey, to‘rttalik kamera...

Samsung ushbu smartfonida zamonaviy USB-S portini qo‘llagan, yana 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishini ham qoldirgan. Kompaniya unda o‘zining Exynos 7904 protsessorini 4000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llaydi.

TOP-10: Bu gal endi eng kuchli smartfonlar boshqa! (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Ertalab biz Master Lu benchmarkiga ko‘ra fevral oyining eng qudratli o‘n to‘rtta smartfoni reytingini e’lon qilgan edik. Biroq endi AnTuTu taqdim etgan reyting undan jiddiy farq qiladi.

Innovatsion o‘g‘irlik: Gulistonda elektr schyotchigini to‘xtatuvchi pult ixtiro qilishdi!

Yangicha hisoblagichlar haqida «Ko‘p pul yozar ekan», «Tez aylantirar ekan», «O‘g‘ri hisoblagich» kabi ta’rifu tavsiflar bildirilmoqda. Lekin foydalanuvchilar ham anoyilardan emas ekan...

Eng arzon elektromobil taqdim etildi – ikkita smartfon narxidan salgina qimmatroq! (+video)

Citroën kompaniyasining ta’kidlashicha, ikki kishilik Ami elektrokarini shahar ichidagi qisqa masofalarga (uydan ishgacha va hokazo) safarlarda qo‘llash mumkin, bundan oshig‘iga u yaramaydi.

Tezkorlik reytingida Galaxy S20 uchligi barcha raqiblarining «abjag‘ini chiqardi»! (Master Lu, 2020 yil fevral)

Xiaomi «yangi avlod samaradorlik qiroli» deya maqtagan Mi 10 Pro zo‘rg‘a beshinchi o‘ringa ilinib qolgan, hattoki undan arzon raqibi – Realme X50 Pro 5G ham bir pog‘ona baland – to‘rtinchi o‘rinda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш