WhatsApp uzoq kutilgan funksiya bilan yangilandi – uni qanday faollashtiramiz?

  •   DiMaX
  •  1264
  •  04.03.2020 11:42

WhatsApp uzoq kutilgan funksiya bilan yangilandi – uni qanday faollashtiramiz?

Dunyo bo‘yicha ikki milliarddan oshiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan WhatsApp messenjerining Android hamda iOS kliyentlari yangilandi. Uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – to‘qrang rejimning joriy etilganligi bo‘ldi.

O‘QING: Maxfiylik va xavfsizligingiz uchun WhatsApp’dan beshta maslahat

Ushbu messenjer dasturchilari mobil ilovaning interfeysidagi to‘qrang rejim ustida salkam bir yildan beri ishlab kelishayotgan edi. Endi esa bu funksiya barcha foydalanuvchilar uchun taqdim qilindi.

Tungi rejim ilovaning butun interfeysini to‘qrang qilib qo‘yadi; bu esa qorong‘ilikda ko‘zning nurini asrash bilan birga, OLED-displeyli smartfonlarning quvvatini tejashga ham yordam beradi.

O‘QING: Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

To‘qrang rejim imkoniyatlaridan foydalanish uchun, avvalo, WhatsApp mobil ilovangizni yangilab olishingiz kerak. Android 10 hamda iOS 13 tizimli smartfonlarda, agar tizim sozlamalarida tungi rejim faollashtirilgan bo‘lsa, bu messenjer ham avtomatik tarzda to‘qrang interfeysda ishlaydi.

Android 9 va undan oldingi versiyalardagi smartfonlarda esa buni WhatsApp sozlamalari orqali amalga oshirish kerak bo‘ladi: «Nastroyki» → «Chati» → «Tema»:

Eslatib o‘tamiz, yaqinda BMT rahbariyati WhatsApp ilovasining xavfidan ogohlantirgan, keyin esa Yevrokomissiya o‘z xodimlariga WhatsApp, iMessage hamda Facebook Messenger ilovalarini ishlatmaslik, iloji bo‘lsa ularni smartfonlaridan umuman o‘chirib yuborishni tavsiya etgan edi. Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov ham WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan.

O‘QING: Bu ilova WhatsApp’ni taxtdan ag‘dardi!