Drop-test «jonli» videosi: Galaxy S20 Ultra’ni ayovsiz sinab ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  1817
  •  04.03.2020 14:03

Drop-test «jonli» videosi: Galaxy S20 Ultra’ni ayovsiz sinab ko‘rishdi!

Samsung yaqinda namoyish qilgan Galaxy S20 Ultra, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 flagmanlari Master Lu benchmarki reytingida barcha raqiblarini tor-mor etishgan. Lekin samaradorlik bo‘yicha AnTuTu natijalari boshqacharoq...

O‘QING: TOP-10: Bu gal endi eng kuchli smartfonlar boshqa! (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Samsung yangi flagmanlarining narxlari ham ularning tezkorligi va boshqa innovatsion jihatlariga yarasha ancha yuqori. Masalan, ularning eng eng qimmat – Galaxy S20 Ultra modelini qo‘lingizdan tushirib yuborsangiz, o‘zingizni kechira olmaysiz...

CNET nashri esa janubiy koreyaliklarning ayni shu eng kuchli flagmanining mustahkamligini aniqlash uchun ayovsiz drop-test o‘tkazib ko‘rishdi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Ko‘rganingizdek, Galaxy S20 Ultra’ni dastlab bir metrlik balandlikdan, ekranini yuqoriga qaratib tashlab ko‘rishgan. Bunda displeyning o‘ziga shikast yetmagan esa-da, korpusning orqasiga yotqizilgan Gorilla Glass 6 himoya shishasi ko‘p joylaridan, ayniqsa burchaklaridan darz ketgan. Ikkinchi martasida ham xuddi shunday yuksaklikdan, faqat ekranini pastga qaratib tashlashgan. Bu gal displey burchaklarida ozroq chatnash kuzatilgan, uni hatto himoya plyonkasi ham qutqarib qola olmagan.

Shundan so‘ng Galaxy S20 Ultra taxminan 1,5 metr yuqoridan tashlab ko‘rilgan, aytarli shikast sezilmagan; keyin shu ishni yana ikki marta takrorlashgan. Besh marta tashlanganidan so‘ng flagmanning orqa qopqog‘i butkul sinib ketgan, ammo ekrani, burchaklaridagi darzlarni aytmasa, butun qolgan. Shuningdek, kamera blogiga ham biror ziyon yetmagan. Eng qizig‘i – shu holida ham bu smartfon to‘laqonli ish faoliyatini davom ettiravergan!

Nima deb o‘ylaysiz, Galaxy S20 Ultra o‘z puliga arzirmikan?

O‘QING: Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!