«Millionlar orzusi» – iPhone SE 2 (iPhone 9) ilk «jonli» rasmda!

  •   DiMaX
  •  4825
  •  04.03.2020 17:46

«Millionlar orzusi» – iPhone SE 2 (iPhone 9) ilk «jonli» rasmda!

Apple korporatsiyasi millionlab kishilar kutayotgan iPhone SE 2 smartfonini iPhone 9 nomi bilan chiqarishi ma’lum. Yaqinda uning tashqi ko‘rinishini g‘ilofsoz kompaniya «sotib» qo‘ygan, biz uning qoyilmaqom reklama roligini e’lon qilgan edik.

O‘QING: Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»!

ITHome nashri insayderlari iPhone SE 2 modelining birinchi «jonli» suratini taqdim etishgan. Mazkur foto Apple’ning hamyonbop ayfoni dizayni haqidagi avval sizib chiqqan ma’lumotlarni tasdiqladi.

Rasmdagi oq smartfon dizayni chindan ham iPhone 8 modelini eslatadi, korpusining burchaklari dumaloqlangan. Bosh kamerasining yakka moduli yonida LED-fotochaqnoq, orqa qopqoq o‘rtasida esa Apple logotipi joylashgan.

Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo ushbu ayfonning qora, oq va qizil korpuslarda taklif etilishini aytgan edi. iPhone 9 korpusining yuzasi jilosiz bo‘lishi evaziga, bu tuslar iPhone 8’dagidan boshqacharoq ko‘rinishi ham mumkin.

O‘QING: iPhone SE 2 (iPhone 9) taqdim etiladigan va sotuvga chiqadigan aniq kunlarni aytishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!