20 martdayoq taqdim etiladigan Huawei P20 Lite uchun oldindan buyurtma berish boshlandi («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1790
  •  13.03.2018 15:37

20 martdayoq taqdim etiladigan Huawei P20 Lite uchun oldindan buyurtma berish boshlandi («jonli» video)

Dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozi o‘zining Huawei P20 turkumidagi telefonlarini 27 martda taqdim etishini bilamiz. Ammo ulardan biri – P20 Lite modeli qolganlaridan bir hafta avval namoyish qilinar ekan.

O‘QING: Mashhur insayder Huawei P20 flagmanlarining dizaynini to‘liq fosh etdi!

Huawei P20 Lite boshqalaridan oldin taqdim qilinishi va uning ayrim mamlakatlarda Huawei Nova 3e deb nomlanishi haqida Evan Bless (Evan Blass) bundan bir oy avval xabar bergan edi. Shuningdek, kompaniyaning Weibo tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ham 20 martda bo‘lib o‘tadigan Nova 3e taqdimot marosimiga taklifnoma e’lon qilingan.

Buni qarangki, hali rasman taqdim etilmagan ushbu modelga Polshaning ikkita onlayn do‘koni – RTV Euro hamda X-Kom allaqachon oldindan buyurtma qabul qila boshlagan. Ularda Huawei P20 Lite uchun 468 dollar miqdorida narx belgilangan. Savdolarning rasmiy boshlanish vaqti sifatida esa 26 aprel sanasi ko‘rsatilgan.

O‘QING: Uch modulli kameraga va «o‘yiq»li ekranga ega Huawei P20 ilk rasmiy reklama posterida ko‘rsatildi

Bulardan tashqari, insayderlar Huawei P20 Lite smartfonining «jonli» videosini ham internetga chiqarib yuborishgan. Unda smartfon yoqiq holda har ikki tomonidan ko‘rsatilgan:

TENAA sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Huawei P20 Lite smartfon ekrani diagonaliga 5,84 dyuymga teng, tasvir aniqligi esa 2280x1080 pikselni tashkil etadi. Qurilmaning «elektron yuragi» Kirin 659 protsessori bo‘lsa, samaradorlikni ta’minlashda unga 4 gigabaytlik tezkor xotira ko‘makka keladi.

O‘QING: Huawei P20 turkumidagi to‘rtinchisi eng qimmat smartfon bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!