2017 yilgi «Open Data Challenge» Xakatoni ish boshlamoqda

  •   DiMaX
  •  808
  •  28.11.2017 17:17

2017 yilgi «Open Data Challenge» Xakatoni ish boshlamoqda

Axborot texnologiyalari sohasiga yoshlarni yanada qiziqtirish, dasturchilarni rag‘batlantirish maqsadida respublikamizda har yili «Open Data Challenge» Xakatoni o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi tanlov 29 noyabr – 3 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

«Open Data Challenge» – bu ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa bo‘lib, u O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bo‘lgan ochiq ma’lumotlar g‘oyasini targ‘ib etishga qaratilgan.

O‘QING: «Open Data Challenge» Xakatonida ishtirok etasizmi?

Xakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) va O‘zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma’lumotlar orasida ijtimoiy va innovatsion ilovalar va xizmatlar yaratishdir.

Bu yilgi Xakaton 29 noyabr kuni, ertalabki soat to‘qqizda ochiladi. Mazkur tadbirda 400 dan oshiq yoshlar ishtirok etishi kutilayotir.

Mana, 2017 yilgi Xakatonning kun tartibi bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va «UZINFOCOM» markazlari tomonidan tashkil etilmoqda.

«Open Data Challenge»ning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari:

Facebook - http://fb.me/OpenDataChallenge

Telegram - https://t.me/OpenDataChallenge

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!