2017 yilning eng tezkor quvvat oluvchi flagmanlari aniqlandi

2017 yilning eng tezkor quvvat oluvchi flagmanlari aniqlandi

Tom’s Guide nashri ekspertlari 2017 yilning qaysi flagman smartfoni tezroq quvvat olishini sinovdan o‘tkazib ko‘rdilar. Apple gadjetlari reytingda peshqadamlik qilmagan bo‘lsalar ham, diqqatga sazovor natijalar ko‘rsatishdi.

Imtihondan o‘tkazish uchun yilning eng taniqli smartfon modellari tanlab olindi:

iPhone 8;
iPhone 8 Plus;
iPhone X;
OnePlus 5T;
LG V30;
Google Pixel 2;
Galaxy Note 8.

Android-smartfonlarning qadoqlarida taqdim qilingan quvvatlash qurilmalari tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular aynan shuning uchun ham test uchun tanlab olinganlar. Apple gadjetlari batareyalarini sinab ko‘rish uchun 29 vattli adapter va USB-C kabeli tanlangan.

O‘qingOnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

Imtihon ikki bosqichda tashkil qilindi. Avvaliga telefonlar quvvatini "nol"ga qadar tushirishdi. Shundan so‘ng ularni 30 daqiqaga quvvatlashga qo‘yishdi. Ikkinchi bosqich ham xuddi shunday jarayonda tashkil qilindi, faqat bu gal smartfonlar 1 soatga quvvatlashga qo‘yilgan.

OnePlus 5T tezkor quvvat olishda tengsiz bo‘lib chiqdi — u yarim soatda 59%, 1 soatda esa 93% quvvat olishga ulgurdi. 6.1 dyuymli flagman akkumulyatori Dash Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va 30 daqiqada bir kunga yetadigan quvvatni to‘play oladi. Buning uchun USB Type-C (USB 2.0) porti mavjud.

Ikkinchi o‘rin esa LG V30 flagmaniga nasib qilgan: yarim soatda 53% va bir soatda 86%. Quvvat olishda peshqadam smartfonlarning "kuchli beshligi"ni Apple yakunlagan. Yangi ayfonlar orasida esa iPhone X chaqqon chiqdi.

O‘qingiPhone X akkumulyator imkoniyatlari ma’lum bo‘ldi

2017 yilning ayfon gadjetlari qadog‘ida taqdim qilingan kabelga o‘xshash kabelda quvvatlaganda, yangi ayfonlar eng past ko‘rsatkichni qayd etganlar.

Misol uchun, iPhone 8 quvvatini 30%, iPhone 8 Plus — 26%, iPhone X — bor-yo‘g‘i 17% ga to‘ldirgan. 60 daqiqalik quvvatlashda ham natija o‘nglanmadi: 58%, 55% hamda 37%.

Kupertinolik ishlab chiqaruvchining flagman smartfonlarining akkumulyatori tezkor quvvat olishi uchun foydalanuvchi qo‘shimcha quvvatlash qurilmasini xarid qilishlari kerak bo‘ladi.

Imtihondan o‘tkazilgan smartfonlarning "quvvat toshlari"ning tok sig‘imi:

iPhone X: 2716 mA soat;
iPhone 8 Plus: 2675 mA soat;
iPhone 8: 1821 mA soat;
LG V30: 3300 mA soat;
Samsung Galaxy Note 8: 3300 mA soat;
OnePlus 5T: 3300 mA soat.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!