300 mingta buyurtma qilingan Ulefone MIX'ning siri bor

300 mingta buyurtma qilingan Ulefone MIX'ning siri bor

Sentyabr oyining 2-haftasida Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress America (MWCA) ko‘rgazmasida xitoylik Ulefone kompaniyasi Ulefone MIX nomli qiziqarli smartfonini taqdim qilgan edi. Kompaniya kecha mazkur modeldan xarid qilish istagida 300 ming kishi ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. Kompaniyaning bu gadjeti arzon bo‘lish barobarida, zamonaviy trendlar asosida yaratilgan.

Ulefone MIX'dagi 5,5 dyuymli displey old panelning 90,2% qismini egallab olgan. Uning bosh kamerasi qo‘sh sensorli. Shuningdek, ekran uchun ilg‘or va sifatli texnik imkoniyatlar tanlanganini e’lon qilgan. Aniqrog‘i, HD sig‘imli ekrandagi piksellar miqdori har dyuymda 367 tani tashkil qiladi. Ekran 2.5D shishasi bilan qoplangan.

Ulefone MIX'da 8 yadro, 64 bitli, MT6750 chipi o‘rnatilgan. Smartfonning Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Uning tezkor xotirasi 4/6 Gb, doimiy xotirasi 32/64 Gb bo‘ladi. Shuningdek, xotira bo‘lmachasiga 256 Gb.gacha bo‘lgan fleshka o‘rnatish mumkin.

Bosh kameradagi Sony IMX258 rusumidagi sensorlarning biri 13, boshqasi 5 megapikselli. Bosh kamera 4K, 2K, Full HD (30 fps) tasvirlar oladi. Shuningdek, unda orqa fonni g‘ira-shira qilib oluvchi rejim mavjud. Old kamera -- 8 Mp.

Old kamera va barmoq izlari skaneri displey quyisidan o‘rin egallagan. Devaysdagi akkumulyator sig‘imi 3300 mA soat. Smartfondagi Hi-Fi audiochipi sifatli ovoz uzatishga mas’ul.

Metall korpusli devaysning dizayneri Xiaomi Mi MIX'dan ilhom olgani aniq. Smartfon texnik jihatdan "syaomi"dan bir oz kuchsiz bo‘lish barobarida narx masalasida ham ancha kamtar.

Ayni paytda 30 oktyabrga qadar davom etadigan aksiyada 1000 nafar baxtli xaridorlar gadjetni 130 AQSh dollaridan xarid qilishlari mumkin. Undan so‘ng Ulefone MIX'ning eng arzoni 170 dollardan boshlab, $249 AQSh dollarigacha sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!