AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Xiaomi bugun turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Biz quyida mana shu mahsulotlardan sizga noma’lum  8 tasini sanab o‘tmoqchimiz.

Xiaomi Sherlock M1 avtomatik qulf

Xiaomi ishlab chiqarayotgan bu qulfni birinchi o‘ringa munosib topdik. Xo‘jalik uchun zarur texnologiyalar ishlab chiqarishni maqsad qilgan MiHome loyihasi doirasida tayyorlangan bu qulfni masofadan turib ochish yoki qulflash mumkin. Buning uchun smartfonning o‘zi yetarli. Qurilmada barmoq izi skaneri bo‘lib, uni ochish uchun barmog‘ingiz kifoya. Xiaomi Sherlock M1 sizga naq 100 AQSh dollariga tushadi. 

Xiaomi Mijia Bluetooth Temperature

Bu gadjet xona harorati va namlik darajasini o‘lchashda qo‘l keladi. Yangi datchikning oq-qora ekrani ostki yoritish tizimiga ega bo‘lgan. Biroq, hadeb bu ekranga qarash shart emas. Smartfoningizda MiHome ilovasi bo‘lsa, harorat va namlikni shu yerda ko‘rsa ham bo‘ladi.   

Xiaomi Mijia Bluetooth Temperature'da Bluetooth bo‘lib, uni "aqlli" Xiaomi Yeelight RGB chirog‘i bilan ulash mumkin. Natijada esa xona haroratini va chiroqdagi yorug‘lik darajasini oson o‘zgartirish mumkin. Bu gadjet 20 AQSh dollarga baholangan.

Xiaomi Yeelight Minimalist Table Lamp Iron

Xiaomi Yeelight Minimalist Table Lamp Iron nomli stol lampasi vintaj uslubida ishlab chiqarilgan. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u metalldan tayyorlangan. Stol lampasini qora yoki oq rangdagi talqinlarda xarid qilish mumkin.

Va, bu gal lampadan biror bir aqlli funksiya kutish xato. Hatto uning patroni ham oddiy.

Xiaomi bu mahsulotini 50$ dollarga narxlagan.

Xiaomi Yueli Foot Care ko‘piktoshi

Xiaomi Yueli Foot Care deb nom olgan bu elektr ko‘piktosh ayni kerak bo‘lgan vosita. Bu ishlab chiqaruvchining noyob mahsulotlaridan biri. Bunisini hali bozorlarda ham ko‘rmagansiz. Bu vositani Xiaomi'ning "farzandi" bo‘lgan Yueli kompaniyasi ishlab chiqargan.

Xiaomi Yueli Foot Care qurilmasi IPX7 guvohnomasi bo‘yicha chang va suv ta’siridan himoya qilingan. Ya’ni, uni suvga qo‘rqmasdan botirish mumkin. Uning bahosi 40$ dollarni tashkil qiladi.

Xiaomi Yueli Electric Clipper Razor ustarasi

Yueli kompaniyasi ishlab chiqarayotgan yana bir zarur vosita mana shu elektr ustaradir. Unda sochni qirtishlash va kaltalash mumkin. Ushbu qurilma ham IPX7 guvohnomasi bo‘yicha chang va suv ta’siridan himoya qilingan. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bir-biriga yaqin joylashtirilgan tig‘ eng kalta sochni ham oladi. Undan epilyasiya uchun ham foydalanish mumkin.

Xiaomi Wireless Mouse

Xiaomi ishlab chiqarayotgan bu ilg‘or "sichqoncha" o‘zining xitoylik muqobillaridan arzonligi bilan ham farq qiladi.  U kompyuterga USB portiga ulanadigan to‘lqin uzatkich qurilma orqali chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan kanal orqali ulanadi.

Qora va oq korpusli talqinda ishlab chiqarilayotgan gadjetning  optik sensor sig‘imi 1200 dpi (dpi — har dyuymdagi belgilar miqdori)’ga teng. Ya’ni, har 1 dyuym (25.5 mm) harakatlanganida sichqonchada 1200 ta o‘zgarish sodir bo‘ladi. Sensor sig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, kursorni oson qo‘yish va uni yaxshi harakatlantirish mumkin bo‘ladi. Xiaomi sichqonchasi uchun bu juda yuqori natija, Misol uchun, Windows’ning ofis ilovalarida va aksariyat grafik-tasvir bilan ishlanadigan ilovalarda optik sensor sig‘imi 800 dpi bo‘lgan sichqonchalar talab etiladi.

Bosh barmoq o‘rnashadigan joyda «orqaga» buyrug‘ini berish uchun maxsus tugmacha bor. Undan brauzer hamda turli ilovalarda foydalanish mumkin. Qurilma korpusi ultrabinafsha nurlarga chidamli, kirni yuqtirmaydigan va barmoq izlarini yuqtirmaydigan yuqori sifatli materialdan tayyorlangan. Uning narxi 14$ dollar.

Xiaomi ER4 audio quloqchinlari

Xiaomi bu audio quloqchinlarni 2016 yilda sotuvga chiqargan bo‘lsa ham, u juda noyob gadjet.

Bu Hi-Fi naushniklarning o‘ziga xosligi sifatida mikrofon bilan ta’minlanganini aytish mumkin. Ya’ni, endi smartfonga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarga ham uning yordamida javob berish mumkin.

Qurilma dizayni o‘ziga xos va ko‘zga darrov tashlanadi. Xiaomi ER4 audio quloqchinlari 100$ dollardan sotilmoqda.

Xiaomi Hi-Res audio quloqchinlari

Xiaomi ishlab chiqarayotgan yana bir qiziqarli vakuumli naushniklar sirasiga kiruvchi bu gadjet yoqimli va minimalistik dizayni bilan diqqatga sazovor. Unda musiqiy trek va ovozni quloqchinda o‘rnatilgan sensor orqali boshqarish mumkin. Shuningdek, kirish qo‘ng‘iroqlariga javob berish uchun qulay garnitura ham o‘ziga xos. Xiaomi Hi-Res audio quloqchinlari 40$ dollardan sotilmoqda.