Amerikada arzon turkumga mansub Ulefone MIX 2 taqdim qilindi

Amerikada arzon turkumga mansub Ulefone MIX 2 taqdim qilindi

12-14 sentyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress America (MWCA) ko‘rgazmasida 1500 ta mobil qurilmalar va yuqori texnologiyalar ishlab chiqaradigan kompaniya ishtirok etdi. Ular orasida xitoylik Ulefone ham bor. San-Fransiskoda o‘tgan namoyishda qiziqarli smartfonlar taqdim qilindi.

Ulefone o‘ta himoyalangan Armor 2, 6050 mA soat tok sig‘imiga ega Power 2 "aqlli telefoni", Helio P25 chipi va 6 Gb "operativka", qo‘sh sensorli bosh kamera bilan ta’minlangan T1 flagmani, romsiz ekranga ega Ulefone MIX va F2 smartfonlarini namoyish qildi.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, 5,5 dyuymli displey old panelning 90,2% qismini egallab olgan. Uning bosh kamerasi qo‘sh sensorli. Shuningdek, ekran uchun ilg‘or va sifatli texnik imkoniyatlar tanlanganini e’lon qilgan. Aniqrog‘i, Full HD sig‘imli ekrandagi piksellar miqdori har dyuymda 367 tani tashkil qiladi. Ekran 2.5D shishasi bilan qoplangan.

Ulefone MIX'da 10 yadro, 64 bitli, 16 nanometr texnik jarayonga ega MediaTek Helio P25 chipi o‘rnatilgan. Smartfonning Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Uning tezkor xotirasi 4/6 Gb, doimiy xotirasi 32/64 Gb bo‘ladi. Shuningdek, xotira bo‘lmachasiga 256 Gb.gacha bo‘lgan fleshka o‘rnatish mumkin.

Bosh kameradagi sensorlarning har biri 16 megapikselli. Bosh kamera 4K, 2K, Full HD (30 fps) tasvirlar oladi. Shuningdek, unda orqa fonni g‘ira-shira qilib oluvchi rejim mavjud. Old kamera -- 8 Mp.

Old kamera va barmoq izlari skaneri displey quyisidan o‘rin egallagan.

Metall korpusli devaysning dizayneri Xiaomi Mi MIX'dan ilhom olgani aniq. Smartfon texnik jihatdan "syaomi"dan bir oz kuchsiz bo‘lish barobarida narx masalasida ham ancha kamtar. Uning $249 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.