Android 8.1 Oreo smartfonlarning asosiy muammosini hal etadi

  •   DiMaX
  •  2090
  •  10.11.2017 15:37

Android 8.1 Oreo smartfonlarning asosiy muammosini hal etadi

Googlening mobil operatsion tizimi 8.1 Oreo talqini foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar taqdim etadi. Shulardan biri – akkumulyatorning quvvatini ko‘p sarflaydigan ilovalarni aniqlab, qurilma egasiga xabar berib turadi. Bu haqda AndroidInsider nashri xabar bergan.

O‘QING: Smartfondan o‘chirish kerak bo‘lgan 5 ta ilova

Ma’lumki, smartfon foydalanuvchilarining asosiy muammolaridan biri – batareya quvvatining uzoq vaqtga yetmasligidir. Android 8.1 Oreo talqinining sinov jarayonlarida aniqlanishicha, tizimning o‘zi «ochofat» dasturlarni avtomatik tarzda aniqlaydi. Bu ilovalar qancha zaxirani xarjlab qo‘ygani va buning sababini qurilma egasiga aytib boradi.

Akkumulyator quvvatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ilovalar haqida ma’lumot berishdan tashqari, Android 8.1 Oreo o‘z vaqtida bu vaziyatni o‘nglashga ham yordam beradi. Masalan, navigatsion ilovalar quvvatni ko‘p sarflayotgan bo‘lsa, tizim sizga geolokatsiyaning uzluksiz aniqlanib turishini to‘xtatish tavsiya etiladi. Operatsion tizim boshqa ilovalar bilan ham shu tariqa yo‘l tutadi.

Quvvatni tejash rejimi Sozlamalar – «Nastroyki»ning «Akkumulyator» bo‘limida joylashgan. Shu yerda qurilmangizning bitta quvvatlantirishdagi umumiy ish vaqtining qancha ekanini kuzatishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Batareyasi baquvvat smartfonlar

Yuqorida tilga olingan barcha yangi imkoniyatlarga foydalanuvchilar shu yilning dekabrida taqdim etiladigan Android 8.1 Oreo tizim talqini bilan ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damgacha Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati bilan mana bu, Huawei smartfonlari ro‘yxati bilan esa mana bu maqolalarimizda tanishish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!