«Animoji» so‘zi Apple'ning sudga chaqirilishiga sabab bo‘ldi

«Animoji» so‘zi Apple'ning sudga chaqirilishiga sabab bo‘ldi

Yaponiyada istiqomat qiluvchi amerikalik Enrike Bonansi Apple korporatsiyasini «Animoji» so‘zini ruxsatsiz ishlatgani uchun sudga berdi. Bu to‘g‘rida The Recorder nashri xabar tarqatmoqda.

Bonansining ma’lum qilishicha, Animoji brendi 2014 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va bu savdo belgisi uchun 2015 yilda AQSh da maxsus patent olingan. «Animoji™ — Free Animated Texting», ya’ni 3D shaklidagi bepul suratli matn almashishga xizmat qiladigan ilova 2014 yildan boshlab App Store ilovalar do‘konida sotib kelinadi va 18 ming marotaba yuklab olingan.

Eng qizig‘i, Apple kompaniyasi "Animoji" atamasidan allaqachaon xabardor bo‘lgan va iPhone X taqdimotiga qadar uni xarid qilishga bir necha marotaba uringan. Kompaniya AQSh patent va savdo belgisi idorasiga bu bo‘yicha murojaat ham qilgan. Ammo urinishlar zoye ketgan.

Enrike Bonansi shu kunlarda bu so‘zni Apple'dan tortib olib, yetkazilgan ma’naviy zarar uchun pul undirish harakatida yuribdi. Sud qarori bilan Apple bir necha yuz ming AQSh dollari tovon puli to‘lashi mumkinligi aytilmoqda.

Animoji texnologiyasi kompaniya taqdim qilgan iPhone X'ning TrueDepth kamerasida tatbiq qilingan va u foydalanuvchining yuzidagi qiyofani animatsion tarzda smartfonda ifoda etadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!