AnTuTu: oktyabr holatida eng kuchli smartfonlar reytingi

AnTuTu: oktyabr holatida eng kuchli smartfonlar reytingi

Taniqli AnTuTu benchmarki 2017 yilning oktyabr holati bo‘yicha jahonning eng kuchli platformaga ega smartfonlari reytingini e’lon qildi. Ahamiyatli tomoni shundaki. bu galgi reytingda Xitoyning yap-yangi Kirin 970 chipi ham yaxshi natijalar ko‘rsatgan.

Android-smartfonlarning samaradorlik bo‘yicha reytingiga nazar solamiz. Deyarli barcha yetakchi devayslar Snapdragon 835 chipi platformasida yaratilgan. Birinchi o‘rinda 181 288 ball bilan OnePlus 5 turibdi. Undan so‘ng 179 454 ball bilan Nubia Z17S hamda 177 304 ball bilan Nubia Z17 egallagan. Huawei Mate 10 ham, nihoyat reytingda ko‘zga ko‘rinib qolgan. Kirin 970 chipi bazasidagi bu flagman 4-o‘rinni egallagan. U 176 484 ball to‘plagan. Ishlab chiqaruvchi aytgani kabi, bu protsessordagi "sun’iy intellekt" tizimi ish bergan ko‘rinadi. Huawei Mate 10 reytingdagi Snapdragon 835 chipiga ega bo‘lmagan yagona smartfon. Kuchli beshlikni Tayvanning HTC U11 flagmani 176 171 ball bilan yakunlab bergan.

O‘qing2016 yilning 4 ta ilg‘or Android'lari yurtimizda bugun ham yaxshi sotilmoqda

Keyingi beshlik: Xiaomi Mi Mix 2 (173 789 ball), Samsung Galaxy Note 8 (173 114), Xiaomi Mi 6 (172 354), Samsung Galaxy S8+ (171 443). Yetakchi o‘nlikka Sony Xperia XZ Premium yakun yasaydi. Bu smartfon modeli 167 339 ball to‘plagan.

Agar bu reytingga Apple flagmanlari qo‘shilganida edi, birinchi o‘rin iPhone 8 Plus, ikkinchi o‘rin – iPhone 8 smartfoniga nasib qilgan bo‘lar edi.

O‘qingAntutu: Avgust holatida Xitoyning ilg‘or platforma va arzon narxdagi 7 smartfoni