Antutu: Oktyabr holatida jahonning kuchli smartfonlari, ularning O‘zbekistondagi bahosi

Antutu: Oktyabr holatida jahonning kuchli smartfonlari, ularning O‘zbekistondagi bahosi

Mobil gadjetlarning platforma samaradorligini o‘rganadigan AnTuTu benchmarki mutaxassislari 30 sentyabrgacha benchmarkda sinovdan o‘tkazilgan eng kuchli platformaga ega smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. Aytish kerakki. mazkur reytingni tuzish jarayonida har bir smartfon modeli o‘rtacha ming marotaba imtihon topshiradi va shunga ko‘ra o‘rtacha natija olinadi.

Reytingga kiritilgan 10 ta "aqlli telefon"dan 7 tasi Qualcomm Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. Qolgan 3 ta smartfon Apple'ning ayfonlari hisoblanishadi.

Har yilgi kabi, bu yil sentyabrda ham yangi smartfonlar taqdim qilinishi evaziga reytingda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Apple taqdim qilgan yangi iPhone flagmanlari reytingning yuqori o‘rinlarini zabt etishdi.

Jahondagi eng samarali platformaga ega smartfon sifatida iPhone 8 Plus 212728 ball bilan o‘z "taxti"ni egallab turibdi. Bu flagman O‘zbekistonda 7 672 500 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Undan keyingi o‘rin 205386 ball olgan iPhone 8 smartfoniga nasib qilgan. Yangi ayfonlarning "kenjasi"ni "Malika"dan 6 765 000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Hozircha bu yerda iPhone X yo‘q. Bu flagman sotuvga chiqarilsa, keyingi oyda shubhasizki, reytingdagi eng ilg‘or smartfon bo‘ladi. Boisi, yangi ayfonlarning barchasi bir xil protsessorga ega bo‘lishgan.

OnePlus 5 181410 ball bilan 3-o‘rinda turibdi. Avvalgi reytingda bu smartfon 181 042 ball olgan edi. Yurtimizda bu gadjetni 510 AQSh dollaridan xarid qilish mumkin.

Reytingda 4-o‘rin 177700 ball to‘plagan Nubia Z17 smartfoniga nasib qilgan. Nubia Z17 2017 yilning 1 iyun kuni rasman taqdim qilingan. Nubia Z17 ham android raqiblari kabi, 8 yadroli kuchli Snapdragon 835 protsessori hamda ilg‘or Adreno 540 videokartasi bilan peshqadam va bayroqdor smartfonga aylangan. "Malika"da 6 + 64 GB talqiniga $450 dollarga buyurtma berish mumkin.

Jahonning eng kuchli platformaga ega smartfoni sifatida 5-o‘rin HTC U11'ga nasib qilgan. Bu devays 175970 ball to‘plagan. "Malika"da 750 AQSh dollaridan sotilmoqda.

So‘nggi flagmanlardan biri bo‘lgan Xiaomi Mi Mix 2 esa 171950 ball bilan 6-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Hozircha sanoqli olib kelinayotgan flagman O‘zbekistonda 660 AQSh dollaridan sotilmoqda.

7-o‘rinda esa uning "qarindoshi" Xiaomi Mi 6 turibdi. Bu gadjet 170221 ball yiqqan ekan. Flagmanda X16 LTE mobil aloqa modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida sekundiga 1 Gbit.gacha ma’lumotni yuklash mumkin. "Malika"da Xiaomi Mi 6 flagmani 3 630 000 so‘mdan sotilmoqda.

Samsung Galaxy S8+ bu gal ancha pastlagan va "xitoylik"lardan ozgina orqada. U 169879 ball bilan 8-o‘rinda turibdi. Bu smartfonni "Malika"da 5 986 000 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

9-o‘rinda turgan Sony Xperia XZ Premium 165464 ball to‘plagan va 9-o‘rinda turibdi. Flagmanning yurtimizdagi bahosi 5 645 000 so‘mni tashkil qiladi.

Garchi, 2016 yilda taqdim qilingan bo‘lsa ham, iPhone 7 Plus jahonning eng kuchli flagmanlari "o‘nligi"dan joy olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ayfon 163400 ball yiqqan. Uning eng arzoni Toshkentda 6 105 000 so‘m.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.