Apple bu chorakda ayfon sotishda rekord o‘rnatadi

Apple bu chorakda ayfon sotishda rekord o‘rnatadi

Nufuzli IHS Markit marketing tadqiqotlari kompaniyasining so‘nggi tahlillariga ko‘ra, Apple bu chorakda 88,8 million dona iPhone sotadi. Natijada, kompaniya ayfon sotishda o‘zining choraklik rekordini yangilaydi.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, iPhone X favqulodda yaxshi sotilmoqda. Bu gadjet 2018 yilda Apple uchun juda serdaromad gadjet bo‘ladi. Shu bilan birga, iPhone X avvalgi ayfonlarning "Plus-modellari" ommalashgan mamlakatlarda yaxshi sotilmoqda.

O‘qing«Salkam flagman»: Galaxy A8+ (2018)ning «jonli» suratlari chiqdi

iPhone X'ning muvaffaqiyat sirlari aniq. Biroq, yana bir ma’lumot diqqatni tortmoqda — iPhone 8 smartfoni savdosi ham ham qator mamlakatlarda, jumladan Singapur, Daniya, Shveysariya va Yaponiya kabi yalpi ichki mahsulot darajasi yuqori mamlakatlarda yaxshi sotilmoqda. Bu model ushbu davlatlarda jami foydalanilayotgan ayfonlarning 2 foizini tashkil qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!