Apple ilk partiyada rekord miqdorda kam iPhone X jo‘natdi

Apple ilk partiyada rekord miqdorda kam iPhone X jo‘natdi

iPhone X'ning jahon smartfon bozorlarida sotuvga chiqarilishiga 2 haftadan ozroq vaqt qolmoqda. Gadjetlar yig‘iladigan Foxconn zavodi esa Apple'ga eng ilg‘or ayfonning ilk partiyasini jo‘natish bilan band. Bu to‘g‘rida Xitoyning Xinhuanet nashri xabar bermoqda.

Ayni paytga qadar e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Foxconn hozircha jahonning turli mamlakatlariga cheklangan miqdorda iPhone X jo‘natmoqda. Misol uchun, yaqinda 46 500 ta iPhone X Niderlandiya va Birlashgan Arab Amirliklariga yuborilgan. Bu -- juda kam miqdor va Apple bu raqamlar bilan xaridorlar ehtiyojini qondira olmaydi.

Hozirga qadar biror iPhone'ning ilk partiyasidan shu qadar kam smartfon o‘rin olmagan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, iPhone X kompaniya tarixidagi eng katta tanqislik yuzaga kelgan flagman bo‘ladi. Buning bosh sababi sifatida OLED-panelli ekranlarni kesganda ularning 40 foizi yaroqsiz bo‘lib qolishi bilan bog‘liq.

Foxconn buni hisobga olib hozircha haftasiga 400 ming dona iPhone X ishlab chiqarmoqda. Avvalgi ayfonlar bilan solishtirganda, ishlab chiqarish sur’ati 4 marotaba yuqori. Boisi, kompaniya avvalgi yillarda haftasiga 100 ming dona yangi ayfon ishlab chiqargan.

Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuoning so‘zlariga ko‘ra, Foxconn'ning ehtiyoj uchun yetarli iPhone X ishlab chiqarish imkoniyatlari hozircha cheklangan. Kuoning oldindan aytgan fikrlariga qaraganda, 2017 yilning oxiriga qadar 30-35 million dona iPhone X yetkazib berilsa ham, Apple ommaning flagmanga bo‘lgan talabini bajara olmaydi.

Apple iPhone X 5.8 dyuymli, OLED matritsali, 2436 x 1125 pikselli displeyga ega bo‘lgan. U 3 GB tezkor, 64 yoki 256 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Apple iPhone X'da 2 ta 12 megapikselli sensorlar mavjud. 2700 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator unda 21 soat suhbat qurish, 60 soat audio tinglash va 12 soat internetdan foydalanish, 13 soat video tomosha qilish imkonini beradi. iPhone X'ning eng arzoni  $999 dollardan boshlab, eng qimmati 1149 dollar dollardan 3 noyabrdan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!