Apple'ning sobiq muhandislari "aqlli" qulf yaratishdi

Apple'ning sobiq muhandislari

Otto startapi mutaxassislari safida Apple korporatsiyasining sobiq injenerlari ham bor. Innovatsion iqlimdan bahra olgan yosh xodimlar yangi ish joyida ham o‘zlarini ko‘rsatib, "aqlli" qulfni yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu to‘g‘rida The Verge nashri xabar beradi.

XXI asrda an’anaviy qulflar umrini yashab bo‘lganini hisobga olib, yosh texnologlar Otto Lock qulfini namoyish qilishdi. 

Ishlanma elektron modullari bilan biz o‘rganib qolgan qulflardan farq qiladi. Eshikni ochish uchun foydalanuvchi eshik oldiga kelsa kifoya qiladi. Faqat smartfondagi Bluetooth moduli yoqilgan bo‘lishi kerak. Eshik hech qanday login va parol so‘ramaydi. Agar smartfon quvvatsizlanib qolgan bo‘lsa, "smart-qulf" uy egasidan 4 belgili pin-kodni so‘raydi.

Otto Lock'ning yana bir ahamiyatli jihati — ixchamligi. U an’anaviy muqobillaridan 2 barobar kichik. Devays Bluetooth bilan birga, Wi-Fi moduliga ham ega. Natijada, bu qulf simsiz tarmoq yordamida uydagi Google Home, Amazon Echo kabi boshqa smart-qurilmalar bilan ulanadi. Misol uchun, eshikni bu qurilmalarga buyruq berib ham ochish mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar ilg‘or qulfni tez orada boshqa maishiy gadjetlar bilan ulash harakatidalar.

Innovatsion gadjet to‘liq quvvat bilan 3-4 oy davomida bemalol ishlaydi. Undagi yordamchi akkumulyator bosh batareya quvvatsizlanganda avtomatik tarzda ulanadi.

Narx ham Apple'ga monand. Kompaniya Otto Lock'ni 700$ dollardan sotish rejasida. Ya’ni, yangi iPhone 7 narxida. Uni o‘rnatish uchun esa qo‘shimcha 150$ dollar pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!