Apple'ning yirik taqdimotida ilk gadjet taqdim qilindi

Apple'ning yirik taqdimotida ilk gadjet taqdim qilindi

Yangi ayfon taqdimoti Stiv Jobs to‘g‘risidagi video bilan boshlandi. Ekranda: "Stiv Jobs teatriga xush kelibsiz", degan yozuv paydo bo‘ldi. Unda Stiv inson qanday bo‘lishi kerakligi va u o‘zini qanday inson hisoblashi haqida, inson bu jahonga ahamiyatli nimadir taqdim qilish uchun dunyoga kelishini aytdi.

So‘ng sahnaga Tim Kuk chiqib keldi. U bu teatrni Stivning o‘zi ochishi kerakligini, bu sharafli ish uning chekiga tushganligini ma’lum qildi. Va, Tim Kukning ko‘zida yosh aylandi.

"Stiv insoniyatga yangi va ilg‘or mahsulot ko‘rsatishdan g‘ururlanar edi va bundan zavq olar edi. Biz uni yaxshi ko‘rganimiz uchun ham bu teatrni uning sharafiga nomladik". 

Tim Kuk Stiv Jobs bu ulkan Apple Park'ni yaratish rejasi bilan umrining so‘nggi kunlariga qadar yashaganini ma’lum qildi. Shuningdek, korporatsiya bu yil bu kempusga ko‘chib kelishi ham ma’lum qilindi.

Ilk taqdimot Apple Watch'ga bag‘ishlanda!  Ma’lum bo‘lishicha, "aqlli soat" savdosi bir yil ichida 50% ga o‘sgan. 

Apple Watch bu yil jahondagi 1-raqamli soat bo‘ldi. Rolex, Omega, Cartier kabi soatlar undan orqada qoldi.

«Apple Watch bilan men o‘zimning eng yaxshi aslim bilan uyg‘onaman» — degan so‘zlar jarang sochgan video taqdim qilindi. Videoda asosiy e’tibor soatning fitnes va sport imkoniyatlariga qaratilgan. 

Sahnaga Apple Watch haqida gapirib berish uchun gadjetni ishlab chiqarish bo‘linmasi rahbari Jeff Uilyams chiqdi. 

Jef Uilyams yangi WatchOS 4'da mashg‘ulotlar uchun ilovalar, pulsometr uchun ilovani joriy qilinganini aytdi. Endi Apple Watch yurak xuruji xavfini oldindan aytib bera oladi. Yangi operatsion tizimni 19 sentyabrdan brendning barcha modellari yangilab olishlari mumkin.  

Bu esa yangi avlod "Apple Watch Series 3". Mobil aloqa moduli — bor! Bu degani endi smartfondan mustaqil ravishda shu soatning o‘zida aloqaga chiqish mumkin.

Bluetooth va WiFi tarmog‘iga ulanishga mo‘ljallangan yangi W2 moduli tezkor ulanadi va quvvatni tejaydi. Yangi protsessor bilan bu soatlar avvalgi soatlardan 70% ga yaxshiroq ishlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat orqali mobil aloqa tarmoqlariga ulanish soatni Apple Music'ga ulash uchun ham ayni muddao. Demak, iPod'lar tarixda qoldi!

Yangi soat o‘lchami Series 2 modeli bilan bir xil. Jef sahnadan turib "aqlli soat" yordamida qo‘ng‘iroqni amalga oshirdi. Uning abonenti — Deydra, soat ishlanmasi uchun mas’ullardan biri. Ayni paytda olisda hordiq chiqarmoqda. 

Apple Watch Series 3 korpusining rangi va bandlar bir oz yangilangan va Nike Plus maxsus bandi ham taqdim qilingan.

Narx-navo masalasida esa Jef soatlar 15 sentyabrdan $249 dollardan 399 dollargacha sotilishini ma’lum qildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!