«AROBA.UZ» – HAYDOVChILAR VA YO‘LOVChILAR IShINI YeNGILLAShTIRUVChI SERVIS!

  •   DiMaX
  •  2737
  •  07.11.2017 16:50

«AROBA.UZ» – HAYDOVChILAR VA YO‘LOVChILAR IShINI YeNGILLAShTIRUVChI SERVIS!

Yurtimizda axborot texnologiyalaridan, internetdan foydalanish sur’ati jadal o‘sib borayotganligi sababli, dunyoning rivojlangan davlatlari aholisi foydalanayotgan servislar kabi xizmatlarni O‘zbekistonda ham ishga tushirish imkoni paydo bo‘lmoqda. Tajribadan shu ma’lumki, qisqa muddatdan so‘ng ular hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanadi.

«YO‘L AZOBI»NI BEKOR QILAMIZ!

Xuddi shunday xizmatlardan biri ELMADAD tashkiloti tomonidan tayyorlangan «Aroba.uz» servisi bo‘lib, u Toshkentdan viloyatlarga yoki teskari yo‘nalishda hamda viloyat va shaharlar o‘rtasida qatnayotgan haydovchilarga internet orqali yo‘lovchilar topib berish bilan shug‘ullanadi. Mazkur loyiha 2017 yilning sentyabrida o‘z faoliyatini boshladi.

«Aroba.uz» – O‘zbekiston hududidagi barcha yo‘nalishda qatnovchi taksichi yoki haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulay elektron vositadir. Bunda xalqimiz Toshkent – Vodiy, Toshkent – Voha yoki boshqa yo‘nalishlarga safarga chiqqanda issiq va sovuq kunlarda sarson bo‘lmasdan, o‘z telefonlari yordamida buyurtma qoldirishlari imkoniyati paydo bo‘ldi.

Haydovchilar ham o‘z mijozlarini berilgan buyurtmani dastur yordamida topishlari, shuningdek, undagi «SOS-xabar» (og‘ir vaziyatda yo‘lda qolganda boshqa haydovchilarga tezkor xabar qoldirish) xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Yo‘lovchi va haydovchilarni o‘zaro bog‘lovchi ushbu dastur nafaqat odamlarni tashishda, balki jo‘natmalarni kerakli manzilga yuborishda ham yordam berishiga ishonamiz. Kerakli manzilga borishni uydan chiqmasdan turib bildirsangiz, Sizga haydovchilarning o‘zlari qo‘ng‘iroq qila boshlashadi.

Shuningdek, yo‘lovchilar mazkur xizmatdan foydalangan holda, o‘zlarining poytaxtga yoki aksincha yo‘nalishdagi safarlarini yengillashtirishlari mumkin. Ushbu servis haydovchi va yo‘lovchilarning nafaqat yumushini yengillashtirishga, balki ancha mablag‘ tejashlariga ham yordam beradi.

YO‘LOVChILAR UChUN:

«Aroba.uz» servisi – yo‘lga chiqayotgan bo‘lsangiz, sizni istagan joyingizdan olib ketuvchi taksi topib berish xizmatidir.

Xo‘sh, nega «Aroba.uz»dan foydalanishingiz kerak?! Uning qanday afzalliklari bor?

«Uydan uygacha» xizmati – taksi siz turgan joygacha borib, o‘zingiz va yuklaringizni olib, kerakli manzilingizgacha eltib qo‘yadi. Shunday qilib, uydan chiqmay turib, safarni boshlashingiz mumkin!

Deylik, siz Toshkentdan viloyatdagi uyingizga ketmoqchisiz... Yuklaringiz ko‘p, havo sovuq, avtoturargohga borib, taksi topish va uning to‘lishini kutish qiyinchiligini o‘ylab, yuragingiz orqaga tortib ketyaptimi? Sizni bunday tashvishlardan «Aroba.uz» xalos etadi!

Tadbirkormisiz? Poytaxtlik hamkorlaringiz bilan hujjatlar almashishingiz uchun ishonchli va tezkor jo‘natish xizmati kerakmi? Biz buni ham amalga oshiramiz. «Aroba.uz» bilan ofisingizdan chiqmagan holda, bitta tugmani bosish orqali ishingizni hal qiling!

Farzandingiz Toshkentda o‘qiydimi? Unga pul yoki biror jo‘natma («posilka») yubormoqchimisiz? Lekin ishlaringizdan bo‘shab, Toshkentga ketadigan avtomobillar joyiga borish – siz uchun muammomi? «Aroba.uz» orqali farzandingizga zarur narsalarni hech qanday ovoragarchiliksiz, ishonchli va tez jo‘nating. Farzandingiz va sizning orangizda uzoq masofa borligini sezmaysiz ham!

HAYDOVChILAR UChUN:

Xo‘sh, «Aroba.uz» xizmatimizdan foydalanishning siz uchun qanday manfaatli tomonlari bor?

- Kuniga 1 marta emas, 2 marta qatnay olasiz;

- Biz bilan oyiga 7 500 000 so‘mgacha daromad qilasiz. Bu esa yiliga 90 000 000 so‘mga aylanadi;

- Faqat 4 nafar yo‘lovchi olibgina qolmay, kamida 2 ta «posilka» ham olib ketasiz. Bu esa siz uchun qo‘shimcha daromad bo‘ladi;

- Avtoturargohda yo‘lovchi kutib, qimmatli vaqtingizni yo‘qotmaysiz;

- Bizning «SOS-xabar» xizmatimiz orqali og‘ir holatlarda boshqa haydovchilardan yordam olishingiz mumkin;

- Bittagina mobil ilova yoki Telegram boti orqali xizmatdan foydalana olasiz;

- Siz har kuni yo‘lovchi tashib, charchadingizmi?! «Aroba.uz» xizmatimizdan foydalaning va oyiga 20 kun ishlab, 7 500 000 so‘mgacha daromad qiling.

«AROBA.UZ» BILAN UZOG‘INGIZNI YaQIN, YuKINGIZNI YeNGIL QILING!

Demak, «Aroba.uz» xizmati – ham haydovchilar, ham yo‘lovchilar uchun qulay vosita bo‘lib, tezkorlik va qulaylikni ta’minlab bera oladi. Xavfsiz va tezkor safarlar, jo‘natmalarni ishonchli va qulay uzatishlar bugungi zamonning talabidir. Siz ham kelajakni hozirdanoq boshlang – zamonaviy texnologiyalar yordamida «Aroba.uz» xizmati bilan yumushingizni soddalashtiring!

Xizmatimizning sayti muntazam ishlab turibdi; bundan tashqari, Android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasi hamda Telegram’dagi @arobaBOT boti ham xizmatingizda. Servisning iOS operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi smartfonlarga mo‘ljallangan ilovasi esa hozirda ishlov jarayonida bo‘lib, u tayyor bo‘lishi bilan bu haqda xabar beramiz.

Demak, mazkur vositalar yordamida haydovchilar tezda o‘zlariga mijoz, yo‘lovchilar esa tayyor transport vositasi topishlari mumkin.

Murojat uchun telefonlar: +998 94 905 04 70, +99871 281 42 32 (qo‘ng‘iroqlar har kuni, soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi).

Elektron pochta: [email protected], [email protected]

Manzil: ELMADAD tashkiloti, Toshkent shahri, Sh.Rustaveli, 45.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!