Barmoq izi va qiyofa skanerini unuting, Samsung yangi skanerni kashf qildi!

Barmoq izi va qiyofa skanerini unuting, Samsung yangi skanerni kashf qildi!

U yoki bu smartfon modelining texnologik jihatlari solishtirib ko‘rilganida ko‘pchilik uning tezkor yoki doimiy xotirasi, kamera megapiksellari yoki kamera modullariga diqqat qiladi. Biroq, bugun romdan xoli bo‘lib borayotgan smartfonlarning yana bir o‘ziga xos jihati bor -- bu ularning kengayib borayotgan ekran imkoniyatlari. Apple romsiz gadjetda ilk marotaba barmoq izi skaneridan voz kechgan brend bo‘ldi.

Samsung ham innovatsion kompaniya sifatida mazkur musobaqada o‘zining texnologik yechimlari bilan ishtirok etmoqda. Uning yangi taklifiga ko‘ra endi smartfonda na ko‘z, na barmoq skaneriga hojat yo‘q. Smartfonni yuz-qiyofa yordamida ham blokirovkadan chiqarish talab qilinmaydi. Buning uchun kaftdan foydalaniladi.

Kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazgan yangi patentga ko‘ra, smartfondagi bosh kamera kaftni hamda undagi chiziqlarni skanerlab, so‘ng foydalanuvchiga eslashi oson bo‘lishi uchun ekranga ramzli parolni chiqaradi. Foydalanuvchi esa o‘ziga tanish ramzli parolni chizadi va tizimga kiradi.

Ekspertlarning fikricha, hozircha bu texnologiyaning samarali hamda xavfsiz bo‘lishi to‘g‘risida biror nima deyish qiyin. Samsung esa to‘xtab qolgani yo‘q. Uning ilg‘or taklifini kutib qolamiz.