Beeline abonentlari call-markaziga ommabop Telegram messenjeri orqali murojaat etishlari mumkin

Beeline abonentlari call-markaziga ommabop Telegram messenjeri orqali murojaat etishlari mumkin

Beeline aloqa operatori abonent so‘rovlariga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish uchun Telegram mobil ilovasi orqali murojaat uchun qo‘shimcha kanal haqida xabar beradi.

Abonentlar Beeline call-markazining telefon raqamini +998901850055 o‘z telefonlarida saqlagan holda, ommabop messenjer orqali kompaniyaga murojaat etishlari mumkin. Abonentlar 0611 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan kabi mutaxassis yordamini oladilar. Xizmatning ish vaqti – har kuni soat 09:00dan 22:00gacha.

Combot tizimining 2017 yilning yanvar oyida o‘tkazilgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilari soni bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallagan: messenjerdan umumiy Telegram‘dan foydalanuvchilar sonidan 16,2% O‘zbekistonliklar ekan. Servis mutaxassislari Google Play va iOS do‘konlari ma’lumotlariga asoslangan: messenjerning yuklanishlari soni, faol foydalanuvchilarning taxminiy soni, har bir davlatdagi Internet auditoriyalarining umumiy soni.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.