Beeline Farg‘ona shahrida 4G tarmog‘ini kengaytirdi

Beeline Farg‘ona shahrida 4G tarmog‘ini kengaytirdi

Beeline tarmoqni kengaytirishni davom ettirgan holda, Farg‘ona shahridagi Madaliyev ko‘chasi bo‘ylab yangi baza stansiyasi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. 4G tarmog‘i 800 MGts chastota diapazonida qurilgan. Bu har bir tayanch stansiyaning ko‘proq qamrab olish imkonini beradi, shuning uchun tarmoq imkon qadar qisqa vaqt ichida foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, bu chastotalardagi signal sifati bino ichida yanada kuchliroqdir.

O‘zbekistonning yirik shaharlarida 4G tarmog‘ini qurish va kengaytirish doimiy ravishda davom etmoqda. Ayni paytda kompaniyaning bir milliondan ortiq mijozlari to‘rtinchi avlod tarmog‘ining afzalliklarini baholashdi.

4G xizmatlarini tariflash 2G/3G kabi tariflarda amalga oshiriladi. Xizmatlardan foydalanishni boshlash uchun SIM-karta va smatrfon 4G tarmog‘ida ishlashini tekshirish kerak. Agar eski SIM-karta 4G tarmog‘ida ishlamasa, Beeline‘ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida yangi USIM kartani bepul olish mumkin.