Casio himoyalangan aqlli soatning yangi versiyasini ko‘rsatdi

Casio himoyalangan aqlli soatning yangi versiyasini ko‘rsatdi

Jahonga mashhur Casio brendi o‘tgan yili taqdim etilgan Casio Pro Trek WSD-F10 himoyalangan aqlli soatining yangi versiyasini namoyish qildi, deb yozmoqda IXBT sayti.

Yangi modelga mantiqiy ravishda Casio Pro Trek WSD-F20 nomi berilgan, u GPS modul bilan jihozlangan, MapBox xaritalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Soat Android Wear 2.0 dasturida ishlaydi, korpus yuzasi oleofob qatlam bilan qoplangan.

Gadjetga ikkitali displey joylangan, dasturdagi oddiy rejim qurilmadan bir oygacha foydalanish imkoniyatini beradi, korpus suv va tashqi ta’sirlardan himoyalangan.

Soat shu yilning aprel oyida sotuvga chiqadi, narxi 500 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.