Davlat test markazining sayti xakerlar hujumiga uchradi

  •   DiMaX
  •  3117
  •  20.11.2017 18:20

Davlat test markazining sayti xakerlar hujumiga uchradi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy saytiga xakerlar hujum qilishdi.

Bugun, 20 noyabr kuni mazkur Markazning dtm.uz sayti ochilmay qoldi. Balki muammo brauzerdadir, deya uni boshqa brauzerlardan ochishga uringan foydalanuvchilarning ham hafsalalari pir bo‘ldi.

Shunda Google qidiruv tizimi orqali sayt manzili bo‘yicha izlanganida, uni xakerlar buzishganligi aniqlandi. Mana, shu sahifadan olingan skrinshotga nazar soling-da:

Aytish kerakki, mutaxassislar tez orada muammoni bartaraf etishgan. Ushbu xabarni tayyorlash jarayonida Davlat test markazining sayti faoliyati qaytadan tiklanganligi aniqlandi.

O‘QING: Xakerlar qanday kompyuter va operatsion tizimdan foydalanishadi?