Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar

  •   DiMaX
  •  3067
  •  10.11.2017 16:36

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar

Canalys tahlil kompaniyasi 2017 yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha smartfonlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hisobot davrida eng ko‘p – 13 millionta sotilgan model iPhone 7 ekan. Ikkinchi o‘rinda ham kupertinolik gigantning mahsuloti – iPhone 6s bo‘lib, butun jahonda bu gadjetdan 7,9 dona sotishgan.

O‘QING: iPhone 7: Yetakchi nashrlarning tavsif va xulosalari

Ular ortidan esa hamyonbop Samsung Galaxy J2 Prime hamda Oppo A57 smartfonlari 7,8 millionlik ko‘rsatkich bilan kelishmoqda. Beshinchi o‘rindagi ilg‘or Oppo R11 esa 7,2 million dona sotilgan.

 O‘QING: Top-10: Yozda yaxshi sotilgan smartfonlar va ularning narxlari

Canalys’ning ta’kidlashicha, Apple kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida xaridorlarga jami 46,7 million dona smartfon yetkazib bergan. Shulardan 11,8 millioni yangi iPhone 8 hamda 8 Plus modellariga to‘g‘ri keladi.

Umuman, sotilgan turli modellardagi smartfonlarining jami miqdori bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar reytingi quyidagicha tus olgan:

 

O‘QING: Uchinchi chorakda kim eng ko‘p smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi «Malika» savdo markazida sotilayotgan, shuningdek, kredit bo‘yicha taqdim etiladigan smartfonlarining so‘mdagi narxlari bilan saytimizning «Narxlar» bo‘limidagi tegishli xabarlar orqali tanishish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!