«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga direktor tayinlandi

  •   DiMaX
  •  1221
  •  30.10.2017 18:12

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga direktor tayinlandi

Raxmatullayev Zafar Maxamadjanovich «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Markazning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, yangi direktorni tayinlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Umarov Olimjon Muxamadjanovich, «Elektron hukumat» markazi direktori o‘rinbosarlari Kayumov Shuxrat Shukurovich, Aripjanov Fayzulla Abdullayevich hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Raxmatullayev Zafar Maxamadjanovich shu kunga qadar Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!