Endi Facebook kamerasida o‘zingiz GIF yasay olasiz!

  •   DiMaX
  •  1243
  •  15.07.2017 10:18

Endi Facebook kamerasida o‘zingiz GIF yasay olasiz!

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z mobil ilovasiga yangi imkoniyat qo‘shdi. Buni hech bir shov-shuvlarsiz amalga oshirdi, deb yozadi The Next Web resursi.

Mazkur ilovadagi kamera nafaqat foto va video, balki birato‘la animatsiyali GIF-rasmlar ham suratga ola biladigan bo‘ldi. Ushbu kamera orqali o‘zingiz GIF-surat yaratishingiz, keyin esa unga rom va filtrlar qo‘shishingiz mumkin.

Mazkur funksiya yordamida yaratilgan GIF qisqa bo‘lib, atigi besh soniya davom etadi. Unda Facebook kamerasidagi barcha effektlar va kadrlardan foydalanish imkoni mavjud. GIF-rasmni o‘z profilingizda e’lon qilishingiz, tarixingizga qo‘shib qo‘yishingiz smartfoningizda saqlab qo‘yishingiz ham mumkin.

Hozircha bu yangi funksiya Facebook ilovasining faqatgina iOS uchun chiqarilgan versiyasida mavjud. Android platformasidagi qurilmalarga mo‘ljallangan versiyada hozircha u uchramadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mazkur yangilik bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda, shu bois hamma foydalanuvchilarda ham ko‘rinmasligi mumkin.

Smartfoningiz operatsion tizimiga qarab, Facebook ilovasini App Store yoki Google Play do‘konlaridan olib o‘rnatsangiz bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!