Facebook "facebook.ru" domeni uchun rossiyalik kompaniya bilan kurashmoqda

Facebook

Facebook kompaniyasi ayni paytda foydalanuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Zolotaya korona» to‘lov tizimi saytiga yo‘naltiruvchi facebook.ru domenini zudlik bilan va tekinga o‘ziga topshirishini talab qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq vakillari o‘zlarining da’vo arizalarida ma’lum qilishlaricha, Facebook brendiga 2004 yilda asos solingan va u barcha talqin va izohlarda «facebook» savdo belgisining yagona egasi hisoblanadi.

Rossiyada facebook.ru domenining egasi hisoblangan Moliyaviy texnologiyalar markazi esa domenni shunchaki berib qo‘yish niyatida emas. Ularning so‘zlariga ko‘ra, facebook.ru Rossiyada 2005 yilda, ya’ni Facebook mamlakat hududida faoliyatini boshlamagan davrda ro‘yxatga olingan.  

Moliyaviy texnologiyalar markazi kompaniyasi hozircha bu domenni nima sababdan o‘shandayoq sotib olgani, Facebook tarmog‘ining bu qadar ommalashishini bashorat qilgan-qilmagani xususida bir so‘z demagan. Ekspertlarning fikricha, ayni paytda "facebook.ru" domenining qiymati 1 mlrd AQSh dollarini tashkil qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!