Egasi uyqudaligida iPhone X'ni blokirovkadan chiqarsa bo‘ladimi?

Egasi uyqudaligida iPhone X'ni blokirovkadan chiqarsa bo‘ladimi?

Bu savol kimgadir chin, kimgadir hazil bo‘lib tuyilishi mumkin-ku, lekin "birovning ayfonining tizimiga qanday qilib kirish mumkin?" degan savol so‘nggi yillarda internetda eng ko‘p izlanadigan savollar ro‘yxatida turadi. Shu sababli ham, yangicha autentifikatsiya tizimiga ega iPhone X'ning qiyofa skanerini aldash mumkinmi, misol uchun uning egasi yoxlab yotganida ayfonni uning basharasiga olib kelib, smartfonni razblokirovka qilsa bo‘ladimi, qabilidagi savollar bugun ko‘payib ketdi.

Javob: yo‘q!

Modomiki, sayyoramizning boshqa sog‘lom insonlari kabi, siz ham uxlaganda ko‘zingizni yumib uxlar ekansiz, unda qadrdon ayfoningizga kimningdir so‘roqsiz kirishidan qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi.

iPhone X taqdimotida ham bu mavzu ko‘tarildi va tizim bunga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Biroq, xitoylik shovvozlar turli xil uyqu niqoblari o‘ylab chiqarib, sotishlarini e’lon qilishgach, jamoatchilik o‘rtasida iPhone X'ning identifikatsiya tizimiga nisbatan shubha qayta avj oldi.

Bu borada Apple korporatsiyasining bildirgan fikr va munosabatlarini aytib o‘tamiz.

Face ID qiyofa skanerining xavfsiz faoliyatini ta’minlash maqsadida, unga inson ko‘zini aniqlash funksiyasi ham joriy qilingan. Ayfon egasining ko‘zlarini hamda ularning o‘ziga tikilib turganini anglaydi va shundan so‘ng iPhone X razblokirovkadan chiqadi.

Demak, Face ID ishlashi uchun 2 ta shartni bajarish kerak bo‘ladi:
1. Ko‘zni ochish;
2. iPhone'ga qarash.

To‘g‘ri, bundan ayfonning o‘zi ham "uyg‘oq" bo‘lishi kerak. Qolaversa, ayfonni ko‘zning qarshisida to‘ppa-to‘g‘ri ro‘para qilish ham shartmas. Unga sensorlarga qulay burchak ostida qaralsa bo‘ldi: datchiklarning o‘zi qolgan vazifani uddalaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!