Galaxy A5 (2018): subflagmanning ilk surati kompaniya saytida e’lon qilindi

Galaxy A5 (2018): subflagmanning ilk surati kompaniya saytida e’lon qilindi

Ilk Galaxy Alpha smartfoni 2014 yilda taqdim qilingan edi. Shundan keyin Samsung har yili Galaxy A turkumida bir nechta modellarni namoyish qilib kelmoqda. 2018 yilda ham bu an’ana davom etadi. Va, bu model endi subflagman sifatida rasman nom oladi. Yangi model Galaxy S8 kabi Infinity-displey bilan ta’minlanadi.

O‘tgan oyda insayderlar bo‘lajak Galaxy A5 hamda Galaxy A7 smartfonlarining render suratlarini e’lon qilgan edilar. Bugun esa yap-yangi Galaxy A5'ning quyidagi surati koreyalik ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Sahifada ushbu devaysga hali taqdim qilinmagan "Samsung SM-A530" smartfoni deb izoh berilgan. Va, ekspertlarning to‘liq tasdiqlashlariga ko‘ra, bu smartfon Galaxy A5'ning yangi talqini. Gap shundaki, uning model nomeri ham o‘tgan yilgi oiladoshlarining raqamlariga juda zxshash: SM-A520 (Galaxy A5 2017), SM-A510 (Galaxy A5 2016) hamda SM-A500 (Galaxy A5'ning ilk avlodi).

Biroq, saytda hozircha smartfonga oid biror texnik jihatlar ma’lum qilinmagan. Insayderlarning yozishlaricha, yangi Galaxy A5 smartfoni 5,5 dyuymli hamda 1080 x 2160 pikselli (FHD+), yupqa hoshiyali displeyga, qayrilma dizayndagi ekranga ega bo‘ladi. Samsung Galaxy A5 ko‘rinishidan flagman smartfonlarni eslatib yuboradi. Old panelda joy tanqisligi bois, barmoq izlari skaneri orqa paneldan o‘rin egallaydi.

Galaxy A5 "aqlli telefoni" 8 yadroli, 2,1 GGs chastota tezligiga ega Exynos 7885 protsessori, 4 gigabaytli operativ xotira, Android 8.0 Oreo tizimiga ega bo‘ladi.

2017 yilda Galaxy A5 yanvarda taqdim qilingani bois, uning yangi talqini keyingi yilda kutilmoqda, aniqrog‘i, keyingi yil fevralda Las-Vegasda o‘tadigan CES anjumanida. Galaxy A5 o‘rniga Samsung yangi Galaxy A3 hamda Galaxy A7 devayslarini taqdim qilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!