Galaxy J8 (2018): hamyonbop smartfonlar bozorida kuchli raqib

Galaxy J8 (2018): hamyonbop smartfonlar bozorida kuchli raqib

Samsung kompaniyasi shu kunlarda yangi smartfon modellarini taqdim etish rejasi bilan yuribdi. Navbatdagi smartfonlar kompaniyaning hamyonbop smartfonlar bozoridagi o‘rnini mustahkamlaydi. Yaqindagina Geekbench benchmarkida imtihondan o‘tkazilgan yangi smartfon modeli fikrimizni tasdiqlaydi.

Galaxy J3 (2018) hamda Galaxy J6 (2018) mobil aloqa vositalaridan so‘ng mazkur "Galaxy J" turkumida yetakchi bo‘lishi kutilayotgan Samsung Galaxy J8 (2018) internet tarmog‘ida ko‘rinish berdi.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung Galaxy J8 (2018) modeli Android Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Uning apparat ta’minoti uchun 8 yadroli Exynos 7870 protsessori tanlangan. Mazkur chipsetning chastota tezligi 1,6 GGs.ni tashkil qiladi.

Smartfonga 3 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan.

Hozircha aniqlangan xabarlarga ko‘ra, Galaxy J8 (2018) romdan xoli bo‘lgan Super AMOLED-ekrani bilan raqiblaridan ustunlik qiladi. Uning ekranlar tomoni 18,5:9 nisbatli va 2240 ga 1080 ta pikselga (FHD+) teng bo‘ladi.

Smartfonda VoLTE ovozli aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan 4G modemi, serhasham metall korpus, qo‘sh sensorli bosh kamera bo‘ladi. Bosh kamera orqa fonni g‘ira-shira qilib olish funksiyasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kamera sifatni saqlagan holda optik yaqinlashtirish texnologiyasiga ega bo‘ladi.

Mobil aloqa vositasi USB Type-C porti hamda Fast Charge texnologiyasi orqali tezkor quvvat oladi. Shuningdek, smartfonda Wi-Fi 802.11ac (2,4 va 5 GGs), Bluetooth 5.0 LE hamda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC modullari bo‘ladi.

Samsung Galaxy J8 (2018) o‘z "oilasi"da yetakchi bo‘ladi. Ba’zi tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning korpusi IP68 guvohnomasi bo‘yicha suv hamda changdan himoyalangan bo‘lishi mumkin.

"Galaxy J" turkumining ushbu va boshqa modellari shu yilning may-iyun oylarida bo‘lishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!