Galaxy S9'ga patent olindi: Samsung Apple'dan ilhomlandi

Galaxy S9'ga patent olindi: Samsung Apple'dan ilhomlandi

Internet tarmog‘ida Galaxy S9 va S9 + flagmanlariga olingan patent guvohnomasiga oid ma’lumotlar tarqalib ketgach, Samsung'ning bu galgi "aqlli telefon"larini Apple yoki Essential'dan ilhomlangan holda yaratgani barchani hayratga solmoqda. Ha, koreyalikning keyingi flagmani ekranida ham iPhone X kabi kesiq joy bo‘ladi. Bu yerga barmoq izlari skaneri joylanadi.

Barmoq izi skanerining "sayohati" davom etadi.
Galaxy S8, S8 + va Note 8 flagmanlarida bo‘lgani kabi, skanerning orqa panelda turishi to‘g‘ri qarorligini soatlab muhokama qilish mumkin. Boisi, bu skaner ko‘rsatkich barmoqni bosish uchun qulay. Biroq, barchani ham barmog‘i bu qadar uzun bo‘lmasligi mumkin. Galaxy S8 taqdim qilinganida ko‘pchilik kompaniyaga skanerni orqada o‘rnatgani uchun tosh ham otdi. Ayniqsa, Koreyada bu qaror yaxshi kutib olinmadi. Va, nihoyat bu modul yana o‘z o‘rniga qaytadigan ko‘rinadi.

Ekran o‘yig‘i to‘g‘ri qo‘yilganmi?
Patent uchun taqdim qilingan rasmga ko‘ra, Galaxy S9 i S9 + smartfonlaridagi o‘yiq Essential Phone'ning "peshonasi"dan ochilgan o‘yiq bilan bir xil. Koreyalik ishlab chiqaruvchining iPhone X dizaynidagi ekran tayyorlamoqchi ekani to‘g‘risida avval ham xabar tarqalgan edi. Kompaniya muhandislari fikricha, skanerning bu taxlit joylashtirilishi ekrandan foydalanishga xalaqit qilmaydi. Qolaversa, Samsung yuz-qiyofa skanerini takomillashtirmaydigan ko‘rinadi.

Samsung kompaniyasi yangi Snapdragon 845 protsessorlarining ilk partiyasini to‘lig‘icha sotib olgan edi. Koreyalik gigant bu chiplar avvaliga faqatgina Galaxy S9 modelida bo‘lishini istamoqda. Galaxy S9 smartfonining protsessori ham, xuddi Kirin 970 hamda A11 Bionic singari, «sun’iy ong»ga ega bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!