Gigabyte kompaniyasi Brix seriyasidagi ixcham kompyuterni sotuvga chiqaradi

Gigabyte kompaniyasi Brix seriyasidagi ixcham kompyuterni sotuvga chiqaradi

Ferra saytining yozishicha, bundan bir necha hafta avval Brix cyeriyasidagi 6 ta yangi kompyuterlarni e’lon qilgan Gigabyte kompaniyasi tez orada yana bir kompyuterni sotuvga chiqarishni rejalashtirgan. Yangi model ham Brix cyeriyasidan o‘rin oladi va boshqa kompyuterlarga qaraganda ixcham va arzonligi bilan ajralib turadi.

Brix GB-BPCE-3350 kompyuteri  Intel Apollo Lake bazasida ishlab chiqariladi. Unga 1,1-2,4 GGs chastotada ishlaydigan 2 yadroli Intel Celeron N3350 protsessor va  Intel HD Graphics 500 rusumidagi videokarta o‘rnatiladi, SO-DIMM, HDMI 2.0, VGA, naushnik/mikrofon va USB slotlar bilan jihozlanadi.

486864 486864 (1)

Modelning gabaritlari – 114,4 x 107,6 x 56,1 mm, qurilmaga 2,5 dyuymli qalinligi 7 yoki 9,5 mm bo‘lgan SATA (6 GB/s interfeysida) joylasa bo‘ladi.

Hozircha kompyuterning narxiga aniqlik kiritilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.