Haqiqiy romsiz smartfon qanaqa bo‘lishini Sharp ko‘rsatib qo‘ymoqchi!

  •   DiMaX
  •  2504
  •  23.09.2017 12:16

Haqiqiy romsiz smartfon qanaqa bo‘lishini Sharp ko‘rsatib qo‘ymoqchi!

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Sharp kompaniyasi rasmiy akkauntida yangi smartfon tizeri paydo bo‘ldi. Uning old paneli yuz foizga ekrandan iborat bo‘lib, romi umuman yo‘q, deb yozadi GizChina sayti.

Tizerda romsiz ekran skrinshoti ko‘rsatilgan va «original bo‘l» yozuvi tushirilgan. Bularning barchasi kompaniyaning Yevropa bozoriga qaytish rejalariga hamda Sharp Mobile vakilining may oyidagi so‘zlariga mos keladi. Kompaniya o‘shanda, shu yil dekabrda barchaga «o‘z telefonini almashtirishga majbur qiladigan» smartfonni ko‘rsatishga va’da bergandi.

Aftidan, hali ekranlarning romsiz bo‘lishi trendga aylanmasidan ancha oldin ham Aquos Crystal romsiz smartfonlarini ishlab chiqargan Sharp kompaniyasi yana urfdan bir qadam oldinga chiqib olishni ko‘zlagan.

To‘g‘ri, korpusning old paneli butunligicha faqatgina ekrandan iborat va atrofi ham romsiz bo‘lsa, u holda kamera, dinamik, biometrik sensorlar va boshqalar qayerga joylashtirilishi hozircha ma’lum emas. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!