Haqiqiy Samsung Galaxy telefoni qanday bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  5103
  •  15.05.2018 17:47

Haqiqiy Samsung Galaxy telefoni qanday bo‘ladi?

Ko‘pchillik iste’molchilar qurilma sotib olishda tejamkorlik qilaman deb turli e’lonlarga aldanib qoladi. Qurilmani rasmiy savdo tarmoqlaridan olsangiz, unda xavotirga o‘rin yo‘q, chunki ular faqat original gadjetlarni sotadi.

O‘QING: Samsung ba’zi «bayroqdor» smartfonlarini yangilanishlar bilan ta’minlashni tugatmoqda

Agar sizga kompaniya brendi ostida chiqarilgan qalbaki smartfonni yarim narxiga taklif etsa, bilmay xarid qilasiz va xursand bo‘lasiz. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyingina qalbaki telefon olganingizni tushinasiz.

Xo‘sh, Samsung Galaxy’ning aslini qalbakisidan qanday ajratsa bo‘ladi? Buni bilishning bir necha usullari bor.

Syervis kodi yordamida tekshirsa bo‘ladi

Bu har qanday Galaxy smartfonini tekshirishning eng oson va oddiy usuli hisoblanadi.  Kompaniyaning barcha qurilmasida maxfiy kod bo‘yicha yoqiladigan maxsus menyu bor.

  1. Raqamtergich ilovasini oching.
  2. *#7353# kodini tering.
  3. Ekranda telefon komponentlarini testdan o‘tkazuvchi turli opsiyalar mavjud bo‘lgan menyu paydo bo‘lishi kerak.
  4. Agar ushbu menyu paydo bo‘lsa, demak qurilma original.

IMEI raqami bo‘yicha tekshirish.

IMEI raqami bo‘yicha tekshirish unchalik ishonchli emas, lekin ko‘p hollarda u haqiqatan ham yordam beradi. Aniqlash jarayoni ham murakkab emas, atigi ikki bosqichdan iborat:

Avval boshda telefonning IMEI raqamini aniqlash kerak. Buning uchun raqamtergichda *#06# servis kodini chiqaring va shu zahotiyoq uni ekranda ko‘rasiz. U shuningdek, qurilma qutisida bor va siz raqamlarni solishtiring (raqamlar bir xil chiqishi kerak). 

O‘QING: Samsung kompaniyasi Note 8 olgan ilk suratlarni e’lon qildi

Endi Samsung kompaniyasi saytiga kiramiz va IMEI’ni chiqaramiz. Shuni ham ta’kidlash joizki, bu yo‘l bilan faqat Samsung Galaxy S7 dan keyingi telefonlarni tekshirishingiz mumkin. IMEI raqamini chiqaring va tekshirish uchun “Check” tugmasini bosing. Agar qurilma original bo‘lsa u haqda ma’lumot chiqadi.

Ma’qul kelgan smartfonning tavsifini o‘rganing

Agar siz ma’qul kelgan telefoningizning tavsifini avvaldan o‘rganib chiqqan  bo‘lsangiz, bu sizga originaldan qalbakisini ajratishga yordam beradi. Gap shundaki, nusxasi sezilarli ravishda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladi va shu bois farqini bilish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

 Sotuvchidan qurilmani  Antutu, Geekbench va GFXBench kabi ommalashgan benchmarkalarda testdan o‘tkazishni iltimos qiling,  keyin skrinshotni tashlab berishni so‘rang. Odatda, u bu ishni qilishdan bosh tortadi va bu ham qurilmaning original emasligini tasdiqlaydi.  Shuningdek,telefoningizga AIDA64 dasturini ham o‘rnatib oling, u ekranga to‘liq tavsifni chiqarib beradi.

Ushlab ko‘rib ham bilsa bo‘ladi

Originalning qalbakisidan farqini uni qo‘lga olib ham bilsa bo‘ladi, agar buning imkoni bo‘lsa, albatta. Dukonga borganingizga qadar Samsung gadjetini qo‘lda ushlab ko‘rgan va uning qanday materialdan qilingani haqda ozmi-ko‘pmi tasavvurga ega bo‘lgansiz.

Agar keyingi marta qo‘lingizga uning nusxasi tushsa, siz shu zahotiyoq farqini bilasiz. Chunki qalbakisi yomon materialdan qilingan va sig‘imi oz akkumulyator qo‘yilgan bo‘ladi. Originali albatta og‘irroq  va yaxshi yig‘ilgan bo‘ladi.

Manba: galaxy-droid.ru

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!