Honor Play 7C taqdim qilindi: Xiaomi Redmi 5'ga munosib raqib

Honor Play 7C taqdim qilindi: Xiaomi Redmi 5'ga munosib raqib

Huawei rompaniyasi tomonidan kecha hamyonbop Honor Play 7C smartfoni taqdim qilindi. So‘nggi vaqtlarda kompaniya bir necha bor mazkur devaysini tizer-suratlar orqali namoyish qilib kelayotgan edi.

Smartfon tashqi ko‘rinishidan hashamdor Honor 7X modeliga o‘xshab ketadi. Devaysning orqa paneli metalldan tayyorlangan va bu yerda qo‘sh sensorli bosh kamerani ko‘rish mumkin. Ular uchun svetodiodli fotochaqnoq ham o‘rnatilgan. Quyiroqda esa barmoq izi skaneriga duch kelamiz.

Devays boshqaruvi uchun zarur barcha tugmalar smartfon korpusining o‘ng tomoniga joylashtirilgan. «Honor» logotipi esa old panelning quyi qismiga joylashtirilgan.

Honor Play 7C uchun tanlangan 5,99 dyuymli displeyning piksellar sig‘imi HD + (1440x720) hamda ekran shishasi 2.5D texnologiyasida yaratilgan, qayrilma shaklda.

"Kapot ostida" esa 64 bitli, 8 yadroli Snapdragon 450 protsessori mavjud. Uning ishlash chastota tezligi 1,8 GGs. Bu yerda, shuningdek 2 ta nano-SIM karta uchun bo‘lmachalar ham mavjud.

Smartfon 2 talqinda -- 3/32 yoki 4/64 gigabayt xotirali talqinlarda ishlab chiqariladi. Har ikkala modelda doimiy xotirani 256 gigabaytgacha kattalashtirishi mumkin bo‘lgan microSD bo‘lmachasi bor.

Honor Play 7C bosh kamerasidagi sensorlardan biri 13 megapiksel, ikkinchisi 2 megapiksel aniqligidagi suratlar oladi. Old kamera sig‘imi 8 megpikselli.

Honor 7C modeli Android 8.0 operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Emotion UI (EMUI) proshivkasida faoliyat ko‘rsatadi. Devays quvvati uchun tok sig‘imi 3 000 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

Apparatda 3.5 mm o‘lchamidagi audio jack saqlab qolingan.

Smartfon o‘lchamlari: 158.3 x 76.7 x 7.8 mm, vazni: 164 gramm. Gadjet qora, tilla rang, qizil yoki ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

Ishlab chiqaruvchi 3 gigabaytli tezkor xotirali talqin uchun 899 yuan (taxminan $142 dollar), 4 Gb.li versiya uchun 1299 yuan ($205) so‘ramoqda. Honor 7C modeli 13 martdan sotuvga chiqariladi.

Taqqolab ko‘ring. 

Xiaomi Redmi 5 texnik jihatlari:
Korpus materiali: metall, shisha;
Operatsion tizim: Android Nougat, MIUI 9
Aloqa tarmoqlari: 2 ta sim-kartali, GSM (1/3/5/8), CDMA (BCO), WCDMA (1/2/5/8), TD-SCDMA (34/39), TDD-LTE (34/38/39/40/41), FDD-LTE (1/3/5/7/8);
Displey: IPS 5,7'', sig‘imi 1440x720 piksel (HD+), tomonlar nisbati 18:9 standartida, ekranning yorug‘lik miqdori 450 nit, kontrast 1000:1, 72% NTSC;
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 450, 8 yadro (Cortex-A53), 1,8 GGs chastota tezligi, 64 bit, 14nm;
Grafik chip: Adreno 506;
Operativ xotira: 2/3 Gb;
Doimiy xotira: 16/32 Gb, microSD mavjud;
Interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4 GGs, Bluetooth 4.2, quvvatlash/sinxronizatsiya uchun microUSB, 3.5 mm.li garnitur;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi -- 1,25 mkm hamda PDAF texnologiyasi;
Old kamera: 5 Mp, fotochaqnoq;
Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou;
Qo‘shimcha: Barmoq izlari skaneri;
Batareya: litiy-polimer (Li-Pol), 3300 mA soat sig‘imli;
O‘lchamlari: 151,8 mm x 72,8 mm x 7,7 mm;
Vazni: 157 gramm.

Narxi: Xitoyda Xiaomi Redmi 5'ning eng arzoni (2/16 Gb) uchun $120, 3/32 Gb talqini uchun esa $135 dollar narx belgilangan.