Huawei maqtandi: «Bu sizga smartfon emas!» (+video)

  •   DiMaX
  •  2537
  •  30.09.2017 17:42

Huawei maqtandi: «Bu sizga smartfon emas!» (+video)

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Mate 10 smartfonining reklama roligi paydo bo‘ldi. Huawei unda sun’iy idrokli yangi chip hamda uning imkoniyatlari haqida qisqacha hikoya qiladi.

Videolavhadan ko‘zda tutilgan fikr: «Mate 10 – bu shunchaki smartfon emas, balki ongli mashinadir». Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Aytilishicha, Mate 10 xuddi odamlardek o‘rganishga, o‘ylashga va ko‘rishga qodir, smartfonning ishlash prinsiplari esa inson miyasining ishlash tamoyillari bilan chambarchas bog‘liqdir. Garchi videorolikda bu haqda aniq biror narsa aytilmagan esa-da, avvaldan internetda mazkur smartfonning sun’iy ongi haqida gap-so‘zlar tarqalib kelayotir. Masalan, Mate 10 smartfoni o‘z egasining odatlarini o‘rganib chiqadi va o‘zining ish faoliyatini ularga moslashtiradi. Sohibini tushunadi, nutqni va ob’yektlarni real vaqt rejimida taniy biladi. Shuningdek, devaysda biometrik yuz skaneri ham mavjud va u «Apple’nikidan yaxshiroq ishlaydi». Huawei avvalroq bu borada Apple’ning ustidan kulib videolavha ham tayyorlagan edi.

Mate 10’dagi bu texnologik yangiliklarning barchasi Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish, sun’iy idrokka ega Kirin 970 protsessori sharofatidir. Ammo chindan ham u mana shu maqtanishlarga arziydigan bo‘lib chiqadimi yo yo‘qmi – bular endi 16 oktyabr kuni Myunxenda o‘tkaziladigan taqdimotda ma’lum bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!