Huawei Mate 10: Apple va Samsung flagmanlarining davri o‘tdi

Huawei Mate 10: Apple va Samsung flagmanlarining davri o‘tdi

Huawei kompaniyasining platformasi jahondagi ilk "sun’iy idrok" texnologiyasiga ega Kirin 970 videokartasi bilan ta’minlangan Huawei Mate 10 flagmani 16 oktyabrda taqdim qilinadi. Shu kunlarda bu mobil aloqa vositasi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumot va render suratlar tarqalmoqda.

Render suratlarga ko‘ra, Huawei Mate 10 nafaqat kuchli protsessor, balki romdan xoli bo‘lgan displeyga ham ega bo‘ladi.

Suratlardan ham ko‘rinib turibdiki, Huawei Mate 10'ning yon tomonlaridagi rom deyarli sezilmaydi, old panelning ust va ost qismidagi hoshiya romlari esa nisbatan nafis ko‘rinishda.

Huawei Mate 10 modeli diagonali 6,1 dyuymli, sig‘imi 2560x1440 pikselli displey bilan ta’minlanadi. Huawei'ning xaridorlar bo‘yicha bo‘linma rahbari Richard Yuning ma’lum qilishicha, Mate 10 flagmani Apple'ning yangi avlod iPhone smartfonlaridan ilg‘orroq bo‘ladi va yaxshiroq sotiladi.

Flagman 6 gigabaytli tezkor xotirada faoliyat ko‘rsatadi. 4900 mA soatlik akkumulyatorga ega smartfonda 4 ta kamera mavjud bo‘ladi. Yana bir muhim jihati — unda Amazon Alexa virtual yordamchi tizimi va kompaniya tomonidan yaratilgan sun’iy aql tizimi o‘rnatiladi.

Huawei Mate 10'ning arzon talqini 2016 yilning flagmanlari narxida, ya’ni $599.99 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.