Huawei'ning Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan smartfonlari ro‘yxati

Huawei'ning Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan smartfonlari ro‘yxati

Google kompaniyasi Android 8.0 Oreo operatsion tizimini taqdim etishi bilan barcha ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarini xursand qilish istagida bu tizimni o‘zlashtirishga kirishib ketdilar. Kompaniya ta’kidlagani kabi, bu tizim «har qachongidan ham ko‘ra aqlliroq, tezkorroq va kuchliroqdir».

Xususan, «rasm ichida rasm» va avtoto‘ldirish kabi yangi funksiyalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, uning himoya vositalari, ish tezligining oshishi va energiya iste’molining optimallashtirilishi yanada ishonchliroqdir.

Huawei tomonidan yaqinda taqdim qilingan Huawei Mate 10 va Mate 10 Pro qadoqdayoq Android Oreo 8.0 tizimida ishlaydi.

Huawei shu kunlarda quyidagi smartfonlarini Android 8.0 Oreo'ga yangilash choralarini ko‘rmoqda. Bu ro‘yxat kompaniya tomonidan rasman tasdiqlangan.

- Huawei: P10, P10 Plus, P10 Lite, Nova 2, P8 Lite 2017, Mate 9 Porsche Design, Mate 9, Mate 9 Pro, Y7 Prime
- Honor: 8, Note 9, 8 Pro.

Kelajakda bu ro‘yxat to‘ldiriladi va boshqa modellar ham ilg‘or tizimga o‘tkaziladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!