Ilk haqiqiy 5G-smartfonni qaysi kompaniya taqdim qilganini eshitdingizmi?

Ilk haqiqiy 5G-smartfonni qaysi kompaniya taqdim qilganini eshitdingizmi?

Xitoyda tashkil etilgan World Internet Conference ko‘rgazmasida yirik korporatsiyalar internet texnologiyalari kelajagiga oid prognozlarini aytdilar, ayrimlari esa o‘zlarining yaqin yillarga mo‘ljallangan rejalarini ham oshkor etdilar.

Jumladan, mazkur tadbir doirasida Huawei kompaniyasi rahbari Richard Yu kutilmagan bayonot bilan chiqdi. O‘z nutqi bilan birga u 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ishlovchi smartfonni namoyish etdi. Bu – iste’molga kiritilayotgan beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi dunyodagi ilk smartfondir, deb yozadi GizmoChina.

Huawei rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda mazkur qurilma ustida ishlar olib borilmoqda. Smartfon 2019 yili – ayni AQSh, Yevropa va boshqa hududlarda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i ishga tushiriladigan paytga borib bozorga taqdim etiladi.

O‘QING: MWC 2017: LG, Sony, Samsung, Huawei, ZTE, HTC, Nokia’dan yangi smartfonlar

Richard Yu ta’kidlashiga ko‘ra, hozirgacha 5G’ni qo‘llab-quvvatlovchi bir nechta smartfon taqdim etilgan, shulardan biri ZTE Gigabit hisoblanadi. Biroq ularning barchasi prototip bo‘lib, mobil qurilmalar iste’molchilari bozori uchun mo‘ljallanmagan qurilmalardir. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyasi beshinchi avlod tarmog‘ida ishlovchi smartfonni birinchi bo‘lib aynan Huawei bozorga chiqaradi.

O‘QING: ZTE ilk 5G smartfonni namoyish qiladi

Aytish kerakki, hozirda 5G tarmog‘i dunyoning ko‘plab mamlakatlarida turli kompaniyalar tomonidan sinab ko‘rishmoqda. Jumladan, O‘zbekistonning milliy operatori – UZMOBILE ham bu borada mamlakatimizda yetakchilardan bo‘ldi. Biroq uning amaliyotga to‘laqonli tatbiq etilishi 2019 yilning o‘rtalaridagina boshlanadi, deyishmoqda mutaxassislar.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Mutaxassislarimiz yana bir nechta masalalarni hal etishlari lozim, ammo bunisi endi shunchaki vaqt masalasi, deydi Richard Yu. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajak texnologiyalari aynan beshinchi avlod mobil internetiga va sun’iy idrokka tayanadi. Huawei esa o‘z mahsulotlariga sun’iy idrokni tatbiq etish bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda.

O‘QING: "Sun’iy aql" tizimiga ega ilk protsessorni Huawei taqdim qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!