Imkoniyati cheklangan yosh dasturchilarimiz oltin medal bilan qaytishdi

Imkoniyati cheklangan yosh dasturchilarimiz oltin medal bilan qaytishdi

O‘zbekiston jamoasining a’zolari 2017 yilning 16-17 avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazilgan saralash bosqichidan so‘ng tanlab olingan edi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi, “LG Electronics” kompaniyasi hamda Toshkent shahridagi Inha universitetidan iborat tashkilotchilar 18 nafar ishtirokchilar orasida 4 nafarini tanlab olishdi. Final bosqichiga Temur Xodjayev, Abdulaziz Salimov, Mirali G‘iyosov va Mavluda Qo‘chqoraliyevalar yo‘l olishdi.

Bevosita Xanoy shahriga yo‘l olguncha, yuqoridagi finalchilar Toshkent shahridagi Inha universiteti professor yordamchisi Jahongir Raimbekov rahbarligida vizual dasturlash bo‘lgan “Scratch” bo‘yicha bepul kurs o‘tishdi va o‘z mahoratlarini yanada oshirib olishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Seuldagi Koreya oliy universitetining kompyuter muhandisligi departamenti vakillari hamda “LG Electronics” kompaniyasi IT-ekspertlaridan iborat hakamlar O‘zbekiston jamoasini “eCreative challenge” musobaqasida g‘olib deb topib, “Excellence award” mukofoti bilan taqdirladi. Hakamlar o‘zbekistonlik yoshlarning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda muammolarni hal etish va ijodiy fikrlash salohiyatini yuqori baholashdi.

2017 yilda musobaqaning bir qancha yo‘nalishlarida Osiyo mintaqasining 16 davlatidan, jumladan, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan kelgan maktab o‘quvchilari va talabalari ishtirok etishdi.