Innovatsiya tushunchasi haqida

Innovatsiya tushunchasi haqida

Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.

Yangi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.

Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.

“Innovatsiya” atamasi lotincha novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.

“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.

Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi

Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi

| Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
| Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir.

|Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak.
|Innovatsiya 
– bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.

Innovatsiyaning 10 ta amri

  1. Maqsadingizni ifodalang.
  2. Jamoangizni ilhomlantiring.
  3. Diqqatingizni xaridorga qarating.
  4. Har kimga o‘xshamang.
  5. Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring.
  6. Sinergiya* yarating.
  7. Jarayonni yarating.
  8. Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling.
  9. O‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning.
  10. Tashabbuskor bo‘ling.

Sinergiya bu foydali o‘zaro hamkorlik, uning samarasi har bir inson yakka holda qilgan harakatlari yig‘indisini olib qaraganimizda yanada ko‘proq hisoblanadi. “Sinergiya” so‘zi grek tilidan tarjima qilinganida aynan “hamkorlik, o‘zaro munosabat” ma’nolarini bildiradi.

 

Biz bilan Telegram tarmog‘ida ham birga bo‘ling: @itspecuz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!