Insayderlar: «iPhone 7s va iPhone 7s+ chiqmaydi, bekorga kutmang!»

  •   DiMaX
  •  1315
  •  05.09.2017 11:00

Insayderlar: «iPhone 7s va iPhone 7s+ chiqmaydi, bekorga kutmang!»

Kupertinolik gigantning barcha ishqibozlari uning «yubiley» smartfoni – iPhone 8 modelining taqdimotini sabrsizlik bilan kutishayotgani sir emas. Ammo bu nomdagi flagmanni kutishlar behuda, deb yozadi AppleInsider nashri.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 12 sentyabrda Apple kompaniyasi uchta smartfon taqdim etadi. Biroq, insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ular biz kutganimizdek iPhone 7s, iPhone 7s+ va iPhone 8 deb nomlanmas ekan. Kompaniya bu yil S-versiyani, ya’ni yettinchi avlodning 7s va 7s+ deb nomlanishni o‘tkazib yuboradi. Ya’ni, uning navbatdagi smartfonlari iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus deb ataladi.

Shuningdek, kompaniyaning «yubiley» smartfoni ham endi iPhone 8 deb emas, balki sal boshqacharoq, ya’ni  iPhone Edition deb nomlanadi. Mazkur ayfon romsiz displey, simsiz quvvatlash texnologiyasi va hozirda trendda bo‘lgan boshqa afzalliklarga ega.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, yaqin kunlar ichida bo‘lib o‘tadigan yangi iPhone’lar taqdimoti – texnologiyalar sohasidagi asosiy, eng kutilayotgan voqea bo‘lib qolaveradi. Bu boradagi yangiliklardan tezkorlik bilan boxabar bo‘lib borish uchun esa, doimo biz bilan birga bo‘ling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.