iPhone 7s va iPhone7s Plus'ga oid yangi jihatlar oshkor qilindi

iPhone 7s va iPhone7s Plus'ga oid yangi jihatlar oshkor qilindi

Apple'ning taqdimotini kutib navbatda turgan smartfonlarining o‘lchamlari yangi texnologiyalarga moslashgan ko‘rinadi. Jumladan, "simsiz" quvvatlash funksiyasiga.

Ishonchli manbaalarning ma’lum qilishlaricha, S-seriyasining yangilangan ayfonlari avvalgi modellarga qaraganda qalinroq, kattaroq va nisbatan kengroq korpusga ega bo‘ladi. Ya’ni, bu o‘lchamlar afonlarga simsiz quvvatlanish imkonini beradi.

iPhone 7s va iPhone7s Plus o‘lchamlari bilan tanishing:

Shubhasizki, bu yerda gap juda kichik o‘lchamlar to‘g‘risida ketyapti. Bular foydalanuvchilar uchun sezilmasligi ham mumkin. Smartfonlar tobora yupqalashib borayotgan bu davrda Apple'ning yangi ayfonlar korpusini bir oz qalinlashtirgani ham bejizga emas. Bu qandaydir innovatsion qaror bilan bog‘liq.  

Insayderlarning yozishlaricha, iPhone 7s va 7s Plus "ajdodlari"ga xos dizaynni saqlab qoladi. Ular simsiz quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘lgani uchun ham Apple yangi devayslar korpusida  alyuminiydan foydalanishdan voz kechgan. Shisha korpus, shuningdek orqa korpusga antenna uchun uloq shaklidagi plastik yotqizish zaruratining ham oldini oladi va smartfonning estetik jihatdan to‘kisligiga xizmat qiladi. Korpus qolgan jihatlari bilan "ajdodi" bo‘lmish iPhone 7 Plus'ni eslatib yuboradi.


5,5 dyuymli iPhone 7s va 7s Plus mobil telefonlari yangi Apple A11 protsessoriga ega bo‘ladi. Uning tezkor xotira sig‘imi 4, doimiy xotirasi 64 gigabaytli bo‘ladi. iPhone maxsus dok-stansiya yordamida simsiz quvvat oladi. Smartfon IP68 guvohnomasiga ega bo‘ladi va suv-chang ta’siridan qo‘rqmaydi.

iPhone 7S va iPhone 7S Plus kuzda, iPhone 8 bilan birga taqdim qilinadi. Uning smartfon bozoriga 650 va 769 dollardan chiqarilishi kutilmoqda. Yanada ilg‘or  iPhone 8'ning eng arzon talqini esa 1000-1100 dollardan sotilishi taxmin qilinmoqda.

iPhone 7s va iPhone 7s Plus 12 sentyabrda iPhone 8 bilan birga taqdim qilinadi.


Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!