iPhone 8 kecha sotuvga chiqarildi: 1 kunlik tahlil

iPhone 8 kecha sotuvga chiqarildi: 1 kunlik tahlil

iPhone 8 bilan birga Apple texnikasining ishqibozlariga xos bir an’ana ham yo‘q bo‘lgan ko‘rinadi: ayfon uchun navbatda turish gashti. Bu to‘g‘rida Financial Times nashri xabar tarqatmoqda.

Garchi, avvalgi flagmanlarga o‘xshasa-da, kuchli chipga ega smartfonni xarid qilishdan ko‘ra, ko‘pchilik ilg‘or iPhone X'ni ma’qul ko‘rganga o‘xshaydi. Gap shundaki, smartfon savdosining ilk kunida Londonda 7 dona, Sidneyda 30 dona, Singapurda 50 dona iPhone 8 sotilgan.

Misol uchun, iPhone 8 xarid qilish uchun Xitoyning Xanchjou shahrida joylashgan Apple Store do‘koniga tongda bor-yo‘g‘i 2 nafar xaridor tashrif buyurgan. Vaholanki, har gal yangi ayfon savdoga chiqarilganida bu yerda butun boshli shaharcha navbatda turgan.

Bu yerdagi temir to‘siq va panjaralarga diqqat qiling. Ular do‘konga odam to‘lib-toshib ketishini taxmin qilib bu yerga olib kelingan. Biroq, to‘siqlarga ham, yollangan 30 nafar qo‘rqichiga ham ehtiyoj qolmadi.

Aytish joizki. bu holat butun dunyo bo‘ylab joylashgan Apple Store do‘konlariga taalluqli. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi joylarda Apple ixlosmandlari yangi smartfondan birinchilardan bo‘lib foydalanib ko‘rishdan o‘zlarinitiya olmayaptilar. Misol uchun, Gruziyaga keltirilgan ilk iPhone 8 uchun xaridorlardan biri 2,2 ming dollar to‘lagan.

Shu sababli, Apple kapitali bir hafta ichida $43 mlrd dollarga kamaygan. So‘nggi 17 oyda kompaniya aksiyalari eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. Ya’ni, ularning narxi 5,2% ga pasaygan. Ekspertlarning fikricha, bunga iPhone 8'ning jamoatchilik tomonidan "sovuq" qarshi olinishi sabab bo‘lgan.

Tahlillarga ko‘ra, iPhone 8 so‘nggi 3 yilda eng kam sotilgan ayfon modeli bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik noyabrda sotuvga chiqadigan iPhone X'ni kutib turibdi. Buning bosh sababi -- romdan xoli hashamdor dizayn hamda qiyofani taniydigan Face ID texnologiyasi. Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, smartfon bozorida kamida 1 yil davomida bu flagmanga bo‘lgan tanqislik yuzaga keladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.