iPhone 8’ni bir hafta Coca-Cola’ga bo‘ktirib qo‘ysa nima bo‘ladi? (+video)

  •   DiMaX
  •  2145
  •  18.10.2017 16:02

iPhone 8’ni bir hafta Coca-Cola’ga bo‘ktirib qo‘ysa nima bo‘ladi? (+video)

Keyingi paytlarda gadjetlarning chidamliligi, tezligi va hokazo xususiyatlarini amalda sinash uchun ular ustida turli tajribalar o‘tkazish videoblogerlar orasida avj olmoqda. YouTube’dagi TechRax kanali ham mobil qurilmalar ustida antiqa, hatto bema’ni tajribalar o‘tkazilgan videolavhalari bilan tanilgan.

Kanal muallifining navbatdagi tajribasi iPhone 8 ustida bo‘ldi – sinovchi uni mashhur gazlangan ichimlikka bir hafta mobaynida bo‘ktirib qo‘yib ko‘rdi. Suyuqlikning gazlilik darajasi tushib ketmasligi uchun, smartfon solib qo‘yilgan konteynerga u har kuni yangidan Coca-Cola quyib bordi. Bunda ayfonning quvvati tugab o‘chib qolmasligini ta’minlash maqsadida, tajriba o‘tkazilayotgan plastik konteyner ostiga simsiz quvvatlash manbai qo‘yib qo‘yilgan edi.

Mana, videoda o‘zingiz tomosha qiling-da:

Xullasi kalom, belgilangan muddat tugagach, iPhone 8 idishdan olinib, ishlatib ko‘rildi. Buni qarangki, unga aytarli shikast yetmagan ekan, faqat tovushi avvalgiga nisbatan pastroq chiqa boshlagandi va ovozi unchalik tiniq emasdi.

Nima bo‘lganda ham, bu natijani ijobiy baholash, iPhone 8’ni sinovdan yaxshi o‘tdi, deb hisoblash mumkin.

Shuningdek, saytimizda iPhone 8’ning ichini ochib ko‘rish, iPhone 8 Plus va Galaxy Note 8’ni betonga tashlab ko‘rish kabilarning videolarini ham tomosha qilishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!