iPhone 8 va iPhone 8 Plus: flagmanlarga oid 8 haqiqat

iPhone 8 va iPhone 8 Plus: flagmanlarga oid 8 haqiqat

Kecha smartfon olamining "tosh-tarozisi" bo‘lmish Apple korporatsiyasi "Stiv Jobs teatri"da yubiley ayfoni bilan birga, iPhone 8 va iPhone 8 Plus flagmanlarini ham taqdim qildi. Quyida ana shu ikkala smartfonlarga oid ma’lumotlarni taqdim qilamiz. 

1. Dizayn

Taqdimot chog‘ida ekranda smartfon displeyi namoyish etilishi bilan zal bir yutinib qo‘ydi. Boisi, iPhone 8 dizayni avvalgi -- iPhone 6/6s/7 dizaynidan umuman farq qilmas edi va uni barcha iPhone 7s deb o‘yladi.

Biroq, bu -- iPhone 8 bo‘lib chiqdi.

Ikkala flagmanlarning ham old va orqa korpusi maxsus -- 7 qavatli o‘ta pishiq shishadan tayyorlangani e’lon qilindi. Bu korpuslarni alyuminiy sinch biriktirib turibdi. Bu an’ana ilk marotaba afsonaviy iPhone 4 va 4s modellarida tatbiq qilingan edi.

2. Displey

Displey ham tanishdek: yangi iPad Pro kabi True Tone texnologiyasi tasvirni tashqi ko‘rinish asosida aks ettiradi. Misol uchun, ko‘chada tasvir yorqin tus olsa, ichkarida nisbatan "iliq" ranglarda tasvirlanadi.

iPhone 8 – 4,7 dyuymli quyuq kristalli, 1334 × 750 pikselli displey (har dyuymda 326 ta belgi), iPhone 8 Plus – 5,5 dyuymli, Full HD (1920 × 1080, har dyuymda 401 ta belgi) quyuq kristalli displeyga ega bo‘lgan.  

Yangi iPhone 8 va iPhone 8 Plus displeyi boshqa hech nimasi bilan avvalgilaridan farq qilmaydi. 


3. Kamera

iPhone 8 flagmani orqa panelida yap-yangi 12 megapikselli va bitta sensorli kamera o‘rnatilgan. Bu kamera yuqori sifatli tasvir olishni va’da bermoqda.

Kameralar tasvirni optik barqarorlashtiradi. Uning piksel sig‘imi iPhone 8 Plus'niki bilan bir xil – 12 Mp. Har ikkala kameralarda yangi yorug‘lik linzalari o‘rnatilgan bo‘lib, uning diafragmasi f/1.8 va f/2.8. 

Qo‘sh kamerali iPhone 8 Plus'da yangi funksiya mavjud – Portrait Light. Bunda kamera yorug‘lik darajasini aniqlashtirib, kerakli yorug‘likni mustaqil ravishda qo‘shadi. "Portretli ostki-yoritish" rejimi suratlarni "studiya-sifati"da muhrlash imkonini beradi.  

Shuningdek, kamera sekundiga 60 kadrli 4K sig‘imli yoki sekundiga 240 kadrli 1080p (Full HD) video yozadi. 
Kameraga alohida "qo‘shimcha voqelik" rejimi o‘rnatilgan. Uning yordamida dasturchilar tomonidan yaratilgan ilovalar orqali real voqelik texnologiyasiga asoslangan o‘yinlarni o‘ynash yoki ilovalardan foydalanish mumkin. Misol uchun, 3 o‘lchamli interaktiv ilovalardan. 

4. Platforma

Xabar berganimizdek, bu gal ham yangi ayfon samaradorlikda barcha smartfonlarni ortda qoldirdi. Boisi, iPhone 8'dagi "yurakcha" – yangi A11 Bionic protsessori. iPhone 8 2 Gb, iPhone 8 Plus 3 Gb tezkor xotiraga ega.

64 bit va 6 yadroli protsessor avvalgi -- iPhone 7 va iPhone 7 Plus ega bo‘lgan Apple A10 Fusion chipidan 25 % samarali ishlaydi. Talqinidan kelib chiqib, smartfonlar 64 yoki 256 gigabaytli doimiy xotiralarga ega bo‘lgan.  


5. Virtual voqelik 

iPhone 8 va iPhone 8 Plus video-kartasi real voqelik grafiklarini qayta ishlaydi va atrofimizdagi virtual buyumlarni ko‘rishga xizmat qiladi. Uning yordamida virtual sayohatlar qilish va bevosita virtual ob’yektlar bilan aloqaga kirishish mumkin.  

6. Simsiz modullar va aloqa

iPhone 8 smartfonida Bluetooth 5.0 simsiz aloqa standarti va simsiz quvvat olish texnologiyasi tatbiq qilingan. Apple smartfonlari ilk marotaba maxsus dok-stansiyada simsiz quvvat olish standartiga ega bo‘ldi. Baxtga qarshi, bu yangilik emas.

Smartfonlar aloqaning LTE Advanced va LTE 5.0 tarmoqlarida ishlaydi.


7. Qancha turadi?  

Smartfon 2 talqinda sotuvga chiqariladi -- 64 Gb va 256 Gb doimiy xotira bilan. Ularning tezkor xotira sig‘imi 2/3 Gb. Smartfonlar kumush, tilla rang va "samoviy kul rang"li korpuslarda ishlab chiqariladi.

AQShda iPhone 8 $700, Plus modelining eng arzoni $799 dollardan sotuvga chiqariladi. 


8. Qachondan sotiladi? 

15 sentyabrdan iPhone 8 va iPhone 8 Plus'ga oldindan buyurtma berish mumkin. 22 sentyabrdan esa smartfonlarning ilk partiyasi sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!