iPhone foydalanuvchilari uchun Galaxy Experience dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda

  •   DiMaX
  •  1382
  •  22.11.2017 12:01

iPhone foydalanuvchilari uchun Galaxy Experience dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda

Samsung kompaniyasi Galaxy Experience dasturi doirasida iPhone sohiblariga Galaxy S8 yoki Galaxy Note 8 smartfonlaridan birini ishlatib ko‘rish imkoniyati taqdim etiladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy manbalari ma’lumot bergan, deb yozadi Galaxy-Droid.ru.

O‘QING: Samsung endi iOS foydalanuvchilarini o‘ziga og‘dirish yo‘lini topdi

Mazkur dasturda Janubiy Koreyada yashovchilar joriy yilning 21 dan 27 noyabrigacha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi. Xohlovchilar orasidan 10 000 nafar ishtirokchi tanlab olinadi va 30 noyabr kuni ularga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

Dastur shartlariga ko‘ra, Samsung Digital Plaza ofisida ishtirokchilarga Galaxy S8 yoki Note 8 qurilmalaridan biri (o‘z xohishiga ko‘ra) taqdim etiladi. Galaxy Experience dasturida qatnashish uchun sinovchi 45 AQSh dollari miqdorida to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Agarda u sinov yakunida Samsung Galaxy qurilmasini o‘zida olib qolishga qaror qilsa, uning narxidan ushbu miqdor chegirib qolinadi. Shuningdek, dastur nihoyasida gadjetlarni o‘zlarida olib qolganlarga JBL Go Bluetooth simsiz kolonkalari ham taqdim etiladi.

O‘QING: Samsung ham iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi

Ishtirokchi o‘z iPhone’i o‘rniga Samsung smartfonini ishlatishga rozi bo‘lmasa, taqdim etilgan qurilmani topshiradi, ammo unga 45 dollarlik boshlang‘ich to‘lov qaytarib berilmaydi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur dastur Janubiy Koreyada yashayotgan va ishlayotgan hamyurtlarimiz uchun ham yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!