iPhone X bilan 99 foizga bir xil ilk smartfon 240 dollardan taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  3485
  •  09.02.2018 09:53

iPhone X bilan 99 foizga bir xil ilk smartfon 240 dollardan taqdim etildi

hozir – Apple’ning yubiley ayfoni dizaynida smartfonlar yaratish ishlari ayni qizigan palla. Kechagina bu boradagi birinchi muvaffaqiyatli natijalardan biri – UMIDIGI Z2 modeli haqida yozgandik.

O‘QING: iPhone X’ning chorak narxida uning ilk haqiqiy «kushanda»si namoyish etildi!

Bugun esa «osmon osti saltanati»dan shu borada yana bir yangilik chiqdi – bu gal avval umuman nomini hech kim eshitmagan OWWO kompaniyasi birdaniga «yarq» etib balqidi. U kupertinoliklarning superflagmanini dizaynini 99 foiz aniqlikda takrorlovchi dunyodagi birinchi smartfonni taqdim etdi.

Boshqa klonlardan farqli ravishda, OWWO X rusumli bu telefon iPhone X’ga ko‘p jihatdan yaqin. Jumladan, xuddi Apple yubiley ayfonidagi kabi, uning 5,7 dyuymli ekrani tepasida ham «kemtik» mavjud. Garchi displey IPS texnologiyasi bo‘yicha ishlangan esa-da, uning tasvir aniqligi Full HD+ formatida – 1920x1080 pikselli.

Ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ta’kidlanishicha, OWWO X smartfoniga 64 bitlik MediaTek protsessori qo‘yilgan. U 2,5 gigagers takt chastotasida ishlovchi naq o‘nta yadroni o‘zida birlashtirgan!

OWWO X’ning 16 megapikselli asosiy kamerasi qo‘shaloq bo‘lib, uning orqa korpusda joylashuvi xuddi kupertinolikning superflagmanidagi kabidir. Smartfonning tezkor xotirasining hajmi 3 gigabayt, doimiy xotirasi hajmi esa 32 gigabaytni tashkil etadi. Qurilmani 3180 mA/soat sig‘imli akkumulyatori quvvat bilan ta’minlaydi.

Ushbu Android-klon to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlash uchun LTE moduli bilan jihozlangan. Smartfon Android operatsion tizimining 7.0 Nougat talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

OWWO X rasmiy narxi 1499 yuanga teng, bu esa taxminan 240 AQSh dollariga yaqin. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya kelajakda bu telefonni  1/16 GB va 2/32 GB xotiraga ega modifikatsiyalarda ham savdoga chiqarmoqchi. Ular yanada arzon narxli va sal zaifroq protsessorga ega bo‘lishi tabiiy.

Hozircha mazkur klon-smartfonga faqat Xitoyda, ishlab chiqaruvchining rasmiy sayti orqaligina buyurtma berish mumkin. Balki, o‘shanda ushbu «xitoycha iPhone X»ni onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish imkoni ham paydo bo‘lsa kerak.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!