iPhone X'dagi innovatsiyaga ega, undan 5 barobar arzon smartfon

iPhone X'dagi innovatsiyaga ega, undan 5 barobar arzon smartfon

Apple korporatsiyasining iPhone X flagmanini taqdim qilganiga ham bir oydan oshdi. Barmoq izlari skaneri o‘rniga tizimga kirish uchun yuz-qiyofani tekshiruvdan o‘tkazuvchi xavfsizlik texnologiyasi tatbiq qilingan yangi ayfon hozircha sotuvga chiqqani yo‘q va ishqibozlarning sabrini sinamoqda.

iPhone X taqdim qilingach, ekspertlar undagi qiyofani skaner qiluvchi Face ID tizimining kelajakka xosligini aytishgan edi. Shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilar bu "aqlli tizim"ni kamida 2 yildan keyingina yarata olishlari aytilgan bo‘lsa ham, Xitoyning Doogee kompaniyasi smartfonlarida shunga o‘xshash texnologiyani joriy qilmoqda.

Doogee kompaniyasining fikricha, 1000 AQSh dollari to‘lab iPhone X xarid qilgandan ma’ni yo‘q. Sababi, Face Unlock xavfsizlik tizimi o‘rnatilgan Doogee MIX 2 smartfoni ayfondagi kabi qiyofani tekshiruvdan o‘tkazadi va ayfondan bir necha marotaba arzondir.

Face Unlock tizimi algoritmlari old kamera bilan markazlashgan hamda u inson qiyofasidagi 135 ta biologik jihatlarni yuqori aniqlikda taniy oladi. Funksiyaning aniqlik va tezkorligini ta’minlash uchun unga "sun’iy ong" texnologiyasi joriy qilingan. Shuningdek, bu texnologiya smartfondagi ma’lumotlar bazasini muntazam yangilab boradi.

5.99 dyuymli Doogee Mix 2 Super AMOLED matritsali, FHD+ (2160 x 1080 pikselli) displeyga ega bo‘lgan. Ya’ni, har dyuymdagi piksellar soni 403 ta! Ekran 2.5D effektiga ega bezak va himoya shishasi bilan qoplangan.

DOOGEE MIX 2 chastota tezligi 2.5 Ggs bo‘lgan, 64 bitli va 8 yadroli Helio P25 protsessori, Mali T880 videokartasi bilan ta’minlangan. Uning tezkor xotira sig‘imi 6 gigabayt, doimiy xotira 128 gigabayt. Shuningdek, doimiy xotirani micro SD bo‘lmachasi yordamida 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Aytib o‘tganimizdek, "4 ko‘zli" DOOGEE MIX 2'ning bosh kamerasi uchun 16 va 13 megapikselli, fazali avtofokus tizimiga ega, 4K video tasvirga oluvchi sensorlar, 2 tusli LED fotochaqnog‘i o‘rnatilgan.

Selfi kamera ham 2 ta sensorli -- 8 + 8 megapikselli. Bu kamera keng burchakda, ya’ni 130 daraja ostida suratga oladi.

2 ta sim-kartali DOOGEE MIX 2'ning akkumulyatori USB Type C orqali quvvat oladi va 4,060 mA soat elektr tokini jam qiladi. Smartfon Android 7.1 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Gadjet aloqaning WiFi, 3G, LTE-A, Bluetooth, GPS, A GPS, GLONASS tarmoqlarida ishlaydi. Unda akselerometr, yorug‘lik, oraliq-masofa, giroskop, ovoz hamda magnit sensor va datchiklari o‘rnatilgan.

DOOGEE MIX 2 smartfoni 200 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!